Ayniqsa, hokimlar özgarişi kerak – Mirziyoyev trillionlar haqida gap ketgan yiğilişda

Ayniqsa, hokimlar özgarişi kerak – Mirziyoyev trillionlar haqida gap ketgan yiğilişda

Bugun, 15 noyabr kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida aholi bandligini taʼminlaş va kambağallikni qisqartiriş masalalari böyiça videoselektor yiğilişi ötkazildi.

Bugun iqtisodiyotdagi barça saʼy-harakatlar aholi uçun daromad manbai yaratiş, kambağallikni qisqartirişga qaratilgan. Bu juda keng qamrovli vazifa bölib, ijtimoiy nafaqa yoki uy beriş bilan öz-özidan hal bölib qolmaydi. Bu iqtisodiy infratuzilma bilan birga investitsiya yönaltiriş, energiya taʼminotini yaxşilaş, taʼlimni rivojlantiriş kabi kompleks çoralarni talab etadi.

Şavkat Mirziyoyevning saylovoldi uçraşuvlarida joylardagi ehtiyoj va aholi talabidan kelib çiqib, hududiy dasturlar belgilangan edi. Ular uçun kelgusi yilda qariyb 75 trillion söm mablağ ajratilişi rejalaştirilgan. Endigi muhim vazifa bu dasturlarni mahallagaça tuşirib, ijrosini taʼminlaşdir.

Yiğilişda şu boradagi çora-tadbirlar muhokama qilindi.

Xususan, kelgusi yilda oilaviy tadbirkorlik dasturlari, işsiz aholi va yoşlarni kasb-hunarga öqitiş, xizmat körsatiş sohalaridagi loyihalarni amalga oşiriş uçun 13 trillion söm ajratilişi közda tutilgan.

“Yangi Özbekiston degani, avvalo, yangiça işlaş kerak degani. Ayniqsa, hokimlar özgarişi kerak. Hamma saʼy-harakatlar, ajratilayotgan mablağlar mahallada öz ifodasini topmasa, natija bölmaydi. Bunda iş örinlari yaratiş va kambağallikni qisqartiriş – asosiy mezon”, deydi davlat rahbari.

Bandlikni taʼminlaşda eng katta sohalardan biri – qişloq xöjaligi. Kelgusi yilda paxta va ğalladan böşaydigan 80 ming gektar maydon aholiga ajratilişi belgilangan. Meva-sabzavotçilik klasterlariga 2 trillion söm, şu sohadagi loyihalarga 100 million dollar, tomorqalarda mahsulot yetiştiriş uçun yana 100 million dollar yönaltiriladi. Aholi tomorqasida dehqonçilikni yölga qöyiş uçun banklar tomonidan 7 foiz stavkada imtiyozli kreditlar beriladi.

Kelgusi yilda davlat investitsiya dasturi doirasida jami 18 trillion sömlikdan ziyod 1 ming 700 ga yaqin loyiha, tarmoq va hududiy investitsiya dasturlari doirasida 22 milliard dollarlik 9 mingta loyiha amalga oşirilişi belgilangan. Ularning natijasida, mos ravişda, 135 ming va 305 mingta iş örni taşkil etiş maqsad qilingan.

Prezident bundan buyon dasturlar vazirlikda emas, mahallada şakllanişini, ularni hokimlarning yordamçilari özi “mahallabay” tamoyili asosida işlab çiqişi zarurligini taʼkidladi.

Kelasi yil xalqaro moliya taşkilotlaridan jalb etilgan 2 milliard 200 ming dollar mablağni özlaştiriş hisobiga 109 ta loyihani amalga oşiriş rejalaştirilgan. Buning samarasida 28 ming aholi bandligi taʼminlanadi.

Davlat rahbari xalqaro moliya taşkilotlaridan jalb qilinadigan mablağlarni ham mahallaga boğlaş muhimligini qayd etdi.

Yiğilişda hokim yordamçilari faoliyatini samarali taşkil etiş masalalari ham körib çiqildi.

×