Namangan tumanidagi mahallalardan birida issiqxona uçun qurilayotgan yerdan nomaʼlum mavjudotning skeleti topilgani haqida xabar berilgan edi.

Namangan tumani matbuot kotibi Qodirjon Vohobovning sözlariga köra, bu nomaʼlum mavjudotning skeleti 13 mart kuni tumanning Qoratepa mahallasidan topilgan. Uy egasi limonçilik uçun issiqxona qurayotgan vaqtda yerdan mazkur skelet topilgan. U darhol profilaktika inspektorilarini bundan xabardor qilgan. Mahalla faollari yiğini va inspektorlar uyga borganda, haqiqatan ham, u yerda skelet topilgani aniqlangan. Uning ölçami 1,7–2,0 metr atrofida.

Mahalla raisining maʼlum qilişiça, uşbu mavjudotning old oyoqlari tuyoqsimon, orqa oyoqlari esa 3 panjali. Boş suyaklari esa boşqa hayvonlarniki kabi emas. Hozirda skelet uy egasining xonadonida saqlanmoqda.

Bundan taşqari, xonadon egasi Jamoliddin Ubaydullayevning maʼlum qilişiça, 15 mart, duşanba kuni Namangan şahar muzeyi xodimlari xonadonga kelib, skelet böyiça örganiş işlari olib boradi.










