Namanganda topilgan noʼmalum mavjudodning skeleti dinozavrniki ekanligi aniqlandi

Namanganda topilgan noʼmalum mavjudodning skeleti dinozavrniki ekanligi aniqlandi

Namangan tumani Qoratepa qişloğida Ubaydullayev Najmiddin xonadonida issiqxona taşkil etiş maqsadida qaziş işlari olib borilgan. Bir metr çuqurlik qazilganda bus-butun holda saqlangan nomaʼlum hayvon suyak qoldiqlariga duç kelişgan. Xonadon vakillari bu haqda Namangan viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyini xabardor qilgan.

Muzey xodimlari Muzaffar Karimov, Islomjon Karimov Namangan davlat universitetining arxeologiya kafedrasi arxeologi Şukrullo Nasriddinov va Biologiya kafedrasi dotsenti Erkin Ikromov bilan birgalikda xonadonga borib tekşiruv işlarini olib borişgan. Dastlabki maʼlumotlarga köra, mazkur hayvon skeleti dinozavrlarning Indrikoteriy turiga mansub yirik sut emizuvçi ekanligi taxmin qilinmoqda.

Indrikoteriy, şuningdek, paratseratherium va balujitherium (lotinçada — Indrisotherium) deb nomlanadi. U 23-30 million yil muqaddam Osiyoda yaşagan quruqlik sutemizuvçilarning eng yirigi hisoblanadi.

Ilk bor Indrikoteriy toş suyaklari 1846 yilda Pokistonning Balujiston hududida aniqlangan. Ularning qoldiqlari sifatida tan olingan birinçi suyaklar 1907-1908 yillarda Balujistondagi ingliz geologi Gay Ellkok Pilgrim tomonidan kaşf etilgan. Ular yuqori jağ suyaklari, pastki tişlar va jağning orqa qismidan iborat bölgan.

Keyinçalik Qozoğistondagi Orol dengizi yaqinidagi Rossiya Fanlar akademiyasining ekspeditsiyasi şu kabi jonzotning yaxşi saqlanib qolgan skeletini topişga muvaffaq böldi. Bu hozirgi kunga qadar topilgan eng töliq skelet edi, ammo uning ham boş suyagi topilmagan. 1916 yilda bu qoldiqlar asosida Aleksey Alekseeviç Borisyak yangi jinsni tasvirlaydi.

1922 yilda amerikalik kaşfiyotçi Roy Çapman Endryus Gobi sahrosida (Xitoy va Möğuliston çegarasi) Amerika Tabiat tarixi muzeyi homiyligida ötkazilgan ekspeditsiyada Indrikoteriyning katta oyoq suyaklari va deyarli töliq boş suyagini topdi.

2002-2006 yillarda Turkiya-Frantsiya qidiruv guruhi Pokistonda köplab yangi qoldiqlarni topdi, natijada ekspertlar suyaklarning Indrikoteriy turiga mansub bölgan hayvonga tegişli ekanligini aytib ötişdi.

Indrikoteriy — bu hozirgi kungaça mavjud bölgan quruqlik yaşagan eng yirik sutemizuvçilardan biri. Taxminiy maʼlumotlarga köra, uzunligi 8 metr, balandligi 5-6 metr, oğirligi 15-20 tonnani taşkil etgan. Ular Osiyo, xususan, Qozoğiston, Möğuliston, Xitoy, Pokiston va Hindiston hududlarida yaşagan. Asosan ösimlik va butalar bilan oziqlangan.

Bu dinozavr turning yöqolib ketiş sabablari nomaʼlum. Olimlar bu borada bir qança omillarni keltirib ötişgan. Ular orasida iqlim özgarişi, sekin köpayiş, bu turning yaşaş joyini sezilarli darajada özgarişi, köplab örmonlarning yöq bölib ketişi, oziq-ovqat miqdorining kamayib ketişi asosiy unsur bölib xizmat qiladi.

Bunday qoldiqlar 2006 yilda Namangan şahrini obodonlaştiriş işlari mobaynida Çorsu dahasidan ham topilgan. Bunda nomaʼlum hayvonning yirik kalla suyagi örganilgan. Ilmiy xulosalarga köra, aynan şu kalla suyagi ham bundan 20-25 million yillar avval yaşagan Indrikoteriyga mansubligi aniqlangan. Demak, bu topilmalar Namangan viloyati hududida qadimgi eralar davrida ham hayot mavjudligini yana bir bor isbotladi, deyişmoqda Namangan viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi ilmiy xodimlari — Islomjon Karimov va Muzaffar Karimov.

×