Pedagog xodimlarga yillik uzaytirilgan mehnat taʼtili uçun haq tölaşda yakşanba inobatga olinmasligi töğrimi?
Mehnat kodeksi (keyingi örinlarda - MK) 501-moddasi 6-qismiga köra, taʼlim taşkilotlarining pedagog xodimlariga haftasiga 36 soatdan ortiq bölmagan iş vaqtining qisqartirilgan davomiyligi belgilanadi va yillik uzaytirilgan mehnat taʼtili beriladi. Pedagog xodimlar iş vaqtining aniq davomiyligi va yillik uzaytirilgan mehnat taʼtilining davomiyligi Vazirlar Mahkamasi tomonidan Ijtimoiy-mehnat masalalari böyiça respublika uç tomonlama komissiyasi bilan kelişilgan holda belgilanadi.
«Özbekiston Respublikasining Mehnat kodeksini tasdiqlaş töğrisida»gi Qonun yangi tahrirda 2022 yil 28 oktyabrda qabul qilindi va 2023 yil 30 aprelda kuçga kirdi. 6 oylik yaʼni yarim yillik muddat içida ham MK 501-moddasida nazarda tutilgan hujjat qabul qilinmadi.
Uzoq kuttirişlardan söng va nihoyat (hujjat uçun masʼullar bunga biror izoh berişmadi, berişmasa ham kerak), 2023 yil 26 iyunda Vazirlar Mahkamasining 263-son «Pedagog xodimlar uçun yillik uzaytirilgan mehnat taʼtili davomiyligi meʼyorlarini belgilaş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarori qabul qilindi. Lekin afsuski...
Qarorga ilova «Pedagog xodimlar uçun yillik uzaytirilgan mehnat taʼtili davomiyligi» meʼyorlariga köra, uşbu meʼyorlarda keltirilgan xodimlarga yillik uzaytirilgan mehnat taʼtili uçun haq tölaşda yakşanba va bayram kunlari inobatga olinmaydi deyilgan.
Sodda qilib aytganda,pedagoglarga 56 kalendar kun taʼtil berilib, şundan 48 iş kuniga haq tölanadi degani.
Agar bundan mantiqiy xulosa qilinsa, nafaqat pedagoglar, balki barça toifa xodimlarga ham taʼtil puli iş kunlari uçun tölanişi lozim böladi. Misol, xodim 21 kalendar kun taʼtilga çiqsa, 18 iş kuniga haq tölanadi.
Lekin bu Mehnat kodeksi talablariga zid deb hisoblaymiz.Çunki xodimga kalendar kunlik mehnat taʼtili berilganda, taʼtil pullarini hisoblaşda taʼtil kunlari içidagi yakşanba kunlariga ham taʼtil puli tölanişi lozim deb hisoblaymiz. MKning 216-moddasi 1-qismiga köra, har yilgi mehnat taʼtili dam oliş va işlaş qobiliyatini tiklaş uçun iş örni (lavozimi) hamda örtaça iş haqi saqlab qolingan holda xodim işdan ozod etiladigan, xodimga har yili iş yili davomida beriladigan vaqt davridir.
MK 233-modda 1-qismiga köra esa, har yilgi mehnat taʼtilida bölgan vaqti uçun xodimga uşbu Kodeksning 257-moddasiga muvofiq hisoblab çiqariladigan örtaça iş haqining saqlanişi kafolatlanadi.
Eʼtibor qiling, har yilgi mehnat taʼtilida bölgan vaqti uçun deyilmoqda yaʼni taʼtilning butun davri (yakşanba kunlari ham) nazarda tutilmoqda.
Bu masala böyiça Kambağallikni qisqartiriş va bandlik vazirligining 2023 yil 20 maydagi 01/00-04/15-3879 sonli xatida ham yakşanba kuniga haq tölaş tavsiya qilinişi belgilangan edi (xat quyida ilova qilindi).

MK 216-moddaning 1-qismi va 233-moddaning 1-qismidagi mantiq şuki, xodim öziga berilgan har bir taʼtil kunidan öz mehnat qobiliyatini tiklaş uçun foydalanadi. Şuning uçun ham, taʼtil pullari xodimga beriladigan har bir taʼtil kuni uçun hisoblanadi va tölanadi.
Bundan taşqari, garçi loyiha bölsada, «Özbekiston Respublikasining Mehnat kodeksini amalga oşiriş uçun zarur bölgan normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlaş töğrisida»gi Hukumat qaroriga eʼtibor qaratamiz.
Loyihaga 9-ilovaning 8-bandida xodimga har yilgi mehnat taʼtili uçun haq tölaş va foydalanmagan taʼtil uçun pullik kompensatsiya tölaş uçun (şu jumladan, iş vaqti jamlab hisobga olinganda) örtaça iş haqi Mehnat kodeksining 257-moddasi öninçi qismiga muvofiq hisoblangan örtaça kunlik iş haqini taʼtil kunlari (şu jumladan, foydalanmagan taʼtil kunlari) soniga köpaytiriş orqali belgilanadi.
Eʼtibor bering, Qaror loyihasiga ilovada ham taʼtil kunlari soniga köpaytiriş orqali belgilanadi, deyilmoqda.
«Normativ-huquqiy hujjatlar töğrisida»gi Qonunning 18-moddasiga köra, normativ-huquqiy hujjatlar örtasida tafovutlar bölgan taqdirda yuqoriroq yuridik kuçga ega bölgan normativ-huquqiy hujjat qöllaniladi. Mehnat kodeksi esa Vazirlar Mahkamasi qaroridan yuqoriroq yuridik kuçga ega.
Yuqoridagilardan kelib çiqib, taʼtilning butun davriga yaʼni yakşanba kuniga ham haq tölanişi lozim deb hisoblaymiz.
Biz oçiq muloqot va bahs-munozaralarga tayyormiz. Xolislik nuqtai nazaridan, yakşanba uçun haq tölanmasligini asoslamoqçi bölganlarning fikrini ham uşbu havolalarda (1,2) keltiramiz.
Muhammadamin Karimjonov
Toşkent davlat yuridik universiteti
Mehnat huquqi kafedrasi katta öqituvçisi









