2019 yilning 8 avgust, payşanba kuni keçqurun
“Ozodlik” radiosining ijtimoiy tarmoqdagi “BUGUNUZ” telegramm kanalida Namangan şahridagi “Gulobod” mahalla fuqarolar yiğini hududida joylaşgan “Hurmatxon aya” qabristoni bilan boğliq
“Qabriston hududi toraygani bois 300 kişi norozilik namoyişiga çiqdi” nomli
video-xabar eʼlon qilindi. Namangan şahar hokimligi mazkur holat yuzasidan öz RADDIYAsini bildiradi: “RADDIYA: Xabarda keltirilgan iddaolar asossiz! Ötganlar ruhiga ehtirom boqiy. Şu munosabat bilan, tumanlar hududida mavjud qabristonlar Namangan şahar hokimining 2016 yil 18 avgustdagi 627-sonli qaroriga asosan şahar Obodonlaştiriş boşqarmasi balansiga olingan vaqtda “Xurmatxon aya” qabriston umumiy maydoni 1,1 gektarni taşkil etgan. “Ozodlik”ning mahalla vakillarining fikrlaridan keltirilgan xabarida qabriston uçun Namangan tumanidagi “Ijodkor” agrofirmasining yiğiliş bayoniga asosan 1994 yil 6 martda 8,5 gektar ajratilganligi, hozirda mozor maydoni 2,5 gektardangina iborat bölib qolganligi körsatilgan. Aslida, Namangan tumani hokimining 2007 yil iyul oyidagi 401-sonli qaroriga asosan sobiq Namangan tumani 3-Irvadon (hozirgi Namangan şahar “Gulobod”) mahalla fuqarolar yiğini hududidagi “Hurmatxon aya” qabristoni hududi 0,5 gektar maydonga ega ekanligi belgilangan. Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 31 maydagi “Özbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunçilik palatasi hamda Özbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining Namangan viloyatining Namangan şahri, Namangan, Uyçi, Töraqörğon, Yangiqörğon Kosonsoy va Çortoq tumanlari çegaralarini özgartiriş töğrisidagi qarorlarini amalga oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi 179-sonli qaroriga asosan, uşbu hudud Namangan şahar hududiga ötkazilgan.

Namangan şahar hokimining 2018 yil 10 avgustdagi “Şahar hududidagi ayrim qabristonlarni yer maydonini rasmiylaştiriş va mavjud bino-inşootlarga nisbatan egalik huquqi belgilaş haqida”gi 1157-sonli qarori ilovasi hamda Namangan viloyati yer tuziş va köçmas mulk kadastri davlat korxonasining 2018 yil 29 avgustdagi 2594-sonli kadastr yiğma jildiga muvofiq, dastlab 0,5 gektar maydonga ega bölgan qabriston hududi kengaytirilib, 2,5 gektar etib belgilangan.

Özbekiston Respublikasining “Yer kodeksi”ning 7-moddasi hamda “Mahalliy davlat hokimiyati töğrisida”gi Qonunining 10 va 25-moddalariga asosan yer munosabatlarini tartibga soliş sohasida, şu jumladan yer uçastkalarini savdo va xizmat körsatiş sohasi obʼektlari bilan birgalikda yuridik va jismoniy şaxslarga mulk etib realizatsiya qiliş şaharlar davlat hokimiyati organlarining vakolatlariga kiradi.Bundan körinadiki, agrofirmaning yiğiliş bayoni huquqiy kuçga ega emas. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari qonuniy hisoblanadi. “2017 yildan buyon qabristonga ajratilgan yerning qolgan 6 gektariga issiqxonalar, tovuqxonalar va maʼmuriy binolar” aslida qabriston hududida emas, balki qabristonning devor bilan öralgan joyidan taşqarida bölgan boşqa hududdan tadbirkorlik subʼektlariga berilgan.Namangan şahar hokimligiga qabriston atrofini kengaytiriş böyiça “Elobod”, “Gulobod” va “Irvadon” mahallalaridan biror bir rasmiy murojaat bölmaganligini maʼlum qilamiz.Namangan şahar hokimligi 2010 yil 27 dekabrda tasdiqlangan “Dafn etiş va dafn işi töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Qonuni talablariga tölaqonli rioya etadi. Ötganlar ruhini şod etiş, marhumlarga ehtirom körsatiş singari milliy qadriyatlarimizga hamişa hurmat bilan munosabatda böladi.Biz ommaviy axborot vositalari bilan şaffof va xolislik asosida hamkorlik qiliş tarafdorimiz.”© namangan24.uz[:]