Namangan viloyati Mingbuloq tumanida 1 mlrd söm imtiyozli kreditni noqonuniy özlaştirgan şaxslarga nisbatan jinoyat işi qözğatildi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xabar bermoqda.
Boş prokuratura huzuridagi Departamentning Mingbuloq tuman bölimi tomonidan ötkazilgan tergovga qadar tekşiruvda, “G” MÇJ rahbari I.D. va boşqalar oldindan til biriktirib, bank muassasasidan avtomobillarga texnik va maişiy xizmat körsatiş markazini taşkil etiş uçun ajratilgan 1 mlrd söm imtiyozli kreditni soxta hujjatlarni tuziş orqali naqdlaştirişib, özlaştiriş yöli bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan I.D. va boşqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qiliş) va 228-moddasi (hujjatlarni qalbakilaştiriş) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.









