Davlat soliq qömitasi huzuridagi Kadastr agentligining Namangan viloyati boşqarmasi tizimida 2022 yilning 1 avgustiga qadar amalga oşirilgan nazorat tadbirlari natijasida jami 889 ta holatda 242,58 gektar yer maydonlari özboşimçalik bilan egallab olingani aniqlandi. Bu haqda ÖzA yozmoqda.
Maʼlum bölişiça, özboşimçalik bilan egallab olingan yer maydonlarining 217,7 gektari qişloq xöjaligiga möljallangan yerlarga, 4 gektari aholi punkti yerlariga, 1,41 gektari sanoat, transport, aloqa xöjaligi yerlariga, 0,02 gektari tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlarga, 1,61 gektari örmon xöjaligi yerlariga, 1,12 gektari suv fondi yerlariga, 16,7 gektari esa zaxira yerlarga töğri kelgan.
Hududiy kadastr inspektorlari tomonidan qonun buziliş holatlari yuzasidan tegişli tartibda tuşuntirişlar olib borildi. Özboşimçalik bilan egallab olingan yerlar böyiça belgilangan tartibda bayonnomalar rasmiylaştirilib, ularni bartaraf etiş böyiça zarur çoralar körildi. Buning natijasida huquqbuzarlarga berilgan 788 ta yozma körsatma asosida 697 ta holatda 189 gektar yoki 78 foiz yer qonun buziliş holatlari ixtiyoriy ravişda bartaraf etildi.
Ixtiyoriy ravişda bartaraf etilmagan 95 ta holatda esa 41,57 gektar özboşimçalik bilan egallangan yer uçastkalarini qaytariş va ularda qurilgan imoratlarni buzdiriş böyiça sudlarga daʼvo arizalar kiritildi. Şundan, 59 ta daʼvo ariza sudlar tomonidan qanoatlantirilib, majburiy ijroga qaratildi. Huquqbuzarlik holatida jinoyat alomatlari mavjud bölgan 9 ta holatda materiallar prokuratura organlariga yuborildi.









