Namangan şahriga Hokim tayinlandi

Namangan şahriga Hokim tayinlandi

Xalq deputatlari Namangan şahar kengaşining navbatdan taşqari sessiyasi bölib ötdi.

Sessiyada viloyat markazida bugungi kunda mavjud muammolar muhokama qilindi. Jumladan, şahar sektorlari rahbarlarining reytingdagi örinlari pastligi, eksport rejalari bajarilmagani, bandlik, mahallalarni obodonlaştiriş va kökalamzorlaştiriş işlariga yetarliça eʼtibor qaratilmagani tanqid qilindi.

Sessiyada taşkiliy masala körildi.

Viloyat hokimi Şavkatjon Abdurazzaqov Namangan şahri hokimligiga şu paytga qadar Toşkent şahar hokimining örinbosari — uy-joy kommunal xizmat körsatiş boş boşqarmasi boşliği bölib işlab kelgan Ğofir Jamalov nomzodini taklif qildi.

Deputatlar va faollar nomzod yuzasidan fikr-mulohazalarini bildirdi. Nomzod ular tomonidan maʼqulandi.

Ğofir Jamalov 1974 yilda Namangan şahrida tuğilgan. 1997 yilda Namangan sanoat-texnologiya institutini, 2006 yilda Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilişi akademiyasini tamomlagan.

1997—2009 yillar davomida Namangan şahri va Namangan viloyati hokimliklarida turli masʼul lavozimlarda mehnat qilgan.

2009—2020 yillarda Iqtisodiyot vazirligi boş mutaxassisi, bölim boşliği, Uy-joy, kommunal xizmat vazirining örinbosari bölib işlagan.

Ğofir Jamalov 2020 yildan to şu kunga qadar Toşkent şahar hokimining örinbosari — uy-joy kommunal xizmat körsatiş boş boşqarmasi boşliği sifatida faoliyat yuritib kelgan.

×