Uyçi tumaniga Hokim, Prokuror va IIB boşliği tayinlandi

Uyçi tumaniga Hokim, Prokuror va IIB boşliği tayinlandi

Prezident Şavkat Mirziyoyevning 2021 yil 19 fevral kuni Namangan viloyati faollari bilan ötkazilgan yiğilişida

hududlar infratuzilmasini yaxşilaş, aholi farovonligini oşiriş va bandligini taʼminlaş borasidagi körsatkiçlar pastligi, sektorlar faoliyatidagi sustkaşliklar sababli Uyçi tumani hokimi Muhammadayubxöja Apaqov, tuman prokurori Uluğbek Nomanov, içki işlar bölimi boşliği Avazbek Xöjaxonov va davlat soliq inspektsiyasi boşliği Adhamjon Mahmudov öz lavozimlaridan ozod etilgandi.

Bugun ötkazilgan xalq deputatlari Uyçi tumani Kengaşining navbatdan taşqari sessiyasida Muhammadzokir Jöraboyeviç Mamatxonov Uyçi tumani hokimi, Şerzod Baxtiyoroviç Rahimov Uyçi tumani prokurori, Furqat Samijonoviç Mirzayev Uyçi tumani içki işlar bölimi boşliği etib tayinlanganliklari eʼlon qilindi.

×