Viloyat aholisining sanitariya-epidemiologik osoyiştaligi va xavfsizligini taʼminlaş, fuqarolarning hayoti va soğliğini himoya qiliş hamda koronavirus infektsiyasining viloyat hududi böylab tarqalişini oldini oliş maqsadida viloyat hokimining 2020 yil 25 martdagi tegişli farmoyişi bilan, 2020 yil 26 mart kuni soat 00:01 dan boşlab, Namangan şahriga viloyatning barça hududlaridan kiriş va Namangan şahridan respublikaning barça hududlariga, şu jumladan viloyat tumanlariga çiqiş har qanday transport vositalarida (avtobus, mikroavtobus va yengil avtotransport) töxtatiladi.
Namangan şahriga kiriş va çiqişdagi çeklovlar yuk taşiş bilan boğliq hollarga, şuningdek, Namangan şahrida doimiy yaşovçi (röyxatdan ötgan) şaxslarga Namangan şahriga kiriş uçun,
viloyat tumanlaridan Namangan şahridagi mahalliy davlat hokimiyati organlari, huquq-tartibot idoralari, boşqarma, idora va taşkilot (nodavlat taşkilot)larda mehnat (xizmat) faoliyatini amalga oşirayotgan rahbar va xodimlar, şifokor va hamşiralar, davlat sanitariya va epidemiologik osoyiştalik markazi xodimlari hamda viloyat hokimining alohida topşiriğiga asosan viloyat tumanlariga biriktirilgan maʼsul xodimlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Farmoyişga asosan, karantin davrida tartib-intizom va amaldagi qonunçilik talablariga rioya etilişi böyiça viloyat ştabi tuzildi.
Viloyat Ştabiga tegişli boşqarma, idora va taşkilotlar bilan birga Namangan şahriga kiriş va çiqiş joylariga vaqtinçalik postlarning faoliyatini taşkil qiliş va nazoratni yanada kuçaytiriş;
şahar hududiga kiriş va çiqiş joylarini mutaxassislar bilan taʼminlaş hamda teplovizorlar va antiseptik vositalar bilan jihozlaş;
Namangan şahriga kirib kelayotgan va çiqayotgan har qanday yuk taşiş maşinalari, xodimlar boşqaruvidagi avtomaşinalarini majburiy dezinfektsiya qilinişini taʼminlaş;
şahar hududiga kiriş va çiqişga qöyilgan çeklovlarga hamda aholining karantin qoidalariga qatʼiy rioya etilişini hamda karantin qoidalarini buzgan şaxslarga öz vaqtida qonunçilikda belgilangan çoralar körilişini taʼminlaş;
tabiiy gaz, içimlik suvi, elektr energiyasi, telefon aloqasi uçun tölovlar öz vaqtida amalga oşirilmaganligi sababli, ikki oy davomida öçirilmasligini taʼminlaş vazifalari yuklatildi.
Namangan şahridagi “Çorsu” va “Yaşil” dehqon bozorlari va oziq-ovqat dökonlariga qişloq xöjaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini, şuningdek, dorixonalarga dori-darmonlar va antiseptik vositalarni olib kirilişida alohida maxsus ruxsatnoma asosida, yuk taşiş maşinasi va mahsulotlarni dezinfektsiya qilgan holda kirişi taʼminlanadi.









