Namangan xalqaro aeroportidan Rossiyaning Novosibirsk va Qozon şaharlariga aviaparvozlar yölga qöyilmoqda. Bu haqda «Daryo» muxbiri Azizbek Abduvaliyev xabar bermoqda.
Foto: Namangan xalqaro aeroporti matbuot xizmati
Aeroport matbuot xizmati rahbari Sitora Abduğaniyevaning maʼlum qilişiça, Novosibirsk—Namangan—Novosibirsk yönalişidagi aviaqatnovlar 2021 yil 9 sentyabrdan yölga qöyiladi. Parvozlar haftaning payşanba kuni Boeing 757 samolyotida amalga oşiriladi. Çipta narxi 3 million 925 ming sömdan boşlanadi.
Qozon—Namangan—Qozon yönalişidagi aviaqatnovlar 2021 yil 10 sentyabrdan yölga qöyiladi. Parvozlar haftaning juma kuni Boeing 767 samolyotida amalga oşiriladi. Çipta narxi 3 million 335 ming sömdan boşlanadi.
Uşbu aviaqatnovlar Uzbekistan Airways aviakompaniyasi tomonidan yölga qöyilmoqda.
Maʼlumot uçun, hozirgi kunda Namangan xalqaro aeroportidan Toşkent, Samarqand va Moskvaga parvozlar amalga oşirilmoqda.









