Xalq deputatlari Namangan viloyati kengaşining yangi çaqiriq birinçi sessiyasi bölib ötdi.
Sessiya kun tartibidan viloyat saylov komissiyasi raisining axboroti, Xalq deputatlari Namangan viloyat kengaşi reglamenti va doimiy komissiyalar töğrisidagi nizomni tasdiqlaş, viloyat kengaşiga saylangan deputatlar partiya guruhlarini röyxatga oliş, kengaş doimiy komissiyalarini tuziş, Prezident tomonidan Namangan viloyati hokimi lavozimiga taqdim etilgan nomzodni tasdiqlaş, xalq deputatlari viloyat, şahar va tumanlar kengaşi deputatlari qöşma majlisi maslahat kengaşi aʼzoligiga nomzodni tavsiya etiş kabi masalalar örin oldi.

VI çaqiriq xalq deputatlari Namangan viloyat kengaşiga ötkazilgan saylov natijalari haqida viloyat saylov komissiyasi raisi Şokirjon Mirzaahmedov axborot berdi.
Viloyat kengaşidagi Özbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan 20 nafar, “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan saylangan 5 nafar, “Milliy tiklaniş” demokratik partiyasidan saylangan 7 nafar, Xalq demokratik partiyasidan saylangan 19 nafar va Özbekiston Ekologik partiyasidan saylangan 9 nafar deputatlardan iborat partiya guruhlari tasdiqlandi.

Xalq deputatlari Namangan viloyat kengaşining Mahalliy byudjetni şakllantiriş va uni ijro etiş, iqtisodiy islohotlarni amalga oşiriş hamda tadbirkorlikni rivojlantiriş masalalari, Qonuniylikni taʼminlaş va korruptsiyaga qarşi kuraşiş masalalari, Ijtimoiy-madaniy sohani rivojlantiriş, oila, xotin-qizlar va yoşlar masalalari, Nodavlat notijorat taşkilotlari va fuqarolik jamiyatining boşqa institutlari masalalari, Sanoat, transport, quriliş, kommunal masalalari va aholiga xizmat körsatiş masalalari, Agrar, suv xöjaligi masalalari va ekologiya böyiça hamda Reglament va deputatlik odobi masalalari böyiça komissiyalari tuziş taklifi hamda komissiyalarning raislari nomzodlari deputatlar tomonidan maʼqullandi.
Özbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Namangan viloyati hokimi lavozimiga taqdim etilgan nomzodni tasdiqlaş töğrisidagi masala yuzasidan siyosiy partiyalar guruhlarining har biri bilan maslahatlaşuvlar ötkazildi.
Mazkur masala böyiça davlat rahbari vakili, Prezident maslahatçisi Rustam Qosimov söz olib, Özbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Namangan viloyati hokimi lavozimiga 6-Serob saylov okrugidan saylangan deputat Xayrullo Bozorov nomzodini Xalq deputatlari viloyat kengaşi sessiyasida tasdiqlaş töğrisida taqdimnoma kiritilganligini maʼlum qildi va uni öqib eşittirdi.

Uşbu masala böyiça siyosiy partiyalar guruhlari nomidan deputatlarning fikr-mulohazalari bildirildi.
Sessiyada davlat rahbari tomonidan viloyat hokimi lavozimiga tavsiya etilgan Xayrullo Bozorov nomzodi deputatlar tomonidan qöllab–quvvatlandi. U bir ovozdan Namangan viloyati hokimi etib tasdiqlandi.
Namangan şahar hokimligi axborot xizmati









