Tez ovqatlaniş restoranlari global tarmoği Burger King Özbekiston bozoriga kirmoqda. Bu haqda Spot bir neçta manbalariga tayanib xabar berdi.
Naşr maʼlumotlariga köra, Özbekistondagi franşiza Burger King Uzbekistan bölib, uning françayzeri Moskva böladi. Hozirda Toşkentda Burgerhouse MÇJ kompaniyasi röyxatga olingan, uning ustav fondi 1 milliard sömga teng. Şuningdek, xodimlarni işga oliş boşlangan. Kompaniya uşbu maʼlumotlarni «Gazeta.uz»ga ham tasdiqlagan va litsenzion kelişuv böyiça muzokaralar olib borilayotganini maʼlum qilgan.
Kompaniyaning aniqlaştirişiça, Toşkentda birinçi filial 2021 yilning oxirigaça oçilişi rejalaştirilmoqda, lekin pandemiya bunga taʼsir ötkazişi mumkin.
Qayd etilişiça, restoranning maʼmuriy-boşqaruv personali (direktor va menejerlar) uçun öquv maşğulotlari Moskvada bölib ötadi. Filiallar qayerda joylaşişi böyiça maʼlumot hozirça yopiq.
Burger King allaqaçon Özbekistonda özining intellektual mulkini himoya qilgan (2014 yilda), lekin 17 may kuni kompaniya yana ikkita tovar belgisini röyxatga olgan. Hozirda ular körib çiqilmoqda.
Burger King 1954 yilda AQŞda taşkil topgan. Gamburgerlarga (asosan vopperlar) ixtisoslaşgan tez ovqatlaniş restoranlari tarmoqlari orasida dunyoda ikkinçi örinda turadi.









