Farğonada muşuk göştini sotganlar uşlangani töğrisidagi xabarlar rad etildi

Farğonada muşuk göştini sotganlar uşlangani töğrisidagi xabarlar rad etildi

Marğilon va Qöqon şaharlarida muşuk göşti va undan tayyorlangan taomlarni sotgan uddaburon tadbirkorlar qölga olingani töğrisidagi xabarlar rad etildi.

15 fevral kuni ijtimoiy tarmoqlarda Farğona viloyati Marğilon va Qöqon şaharlarida muşuk göşti va undan tayyorlangan taomlarni sotgan uddaburon tadbirkorlar qölga tuşgani töğrisida xabarlar tarqaldi. Xabarda, şuningdek, reyd davomida tadbirkor va uning şeriklari hibsga olinganligi ham aytilgan.

Farğona viloyat veterinariya va çorvaçilikni rivojlantiriş boşqarmasi ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan xabarlar asossiz va notöğri ekanligini maʼlum qilgan.

Boşqarma maʼlumotida taʼkidlanişiça, amaldagi veterinariya-sanitariya qoidalariga asosan muşuk isteʼmol uçun söyiladigan hayvonlar röyxatiga kirmaydi. Hozirgi kunda viloyatdagi 25 ta dehqon bozorida vetsanekspertiza laboratoriyalari işlab turibdi. Laboratoriyalar iş faoliyatida muşuk göştini sotiş holatlari kuzatilmagan. Hayvon kasalliklari taşxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi viloyat markaziga muşuk göşti laboratoriya tahlillari uçun olib kelinmagan.

Viloyat IIB axborot xizmatining qayd etişiça, içki işlar idoralari iş yurituvida odamlarga muşuk göşti yoki undan tayyorlangan taomlarni sotişga oid hujjatlar mavjud emas.

Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamentining viloyat boşqarmasi esa Farğonada muşuk göştini sotgan şaxslarni qölga oliş böyiça heç qanday reyd ötkazilmaganini va bu kabi holat böyiça heç qanday iş körib çiqilmaganini maʼlum qilgan.

×