Qozoğiston şimolida kuydirgi epidemiyasi qayd etildi. Natijada 10 kişi kasalxonaga yotqizilgan. Bu haqda Oqmöla viloyati veterinariya boşqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Bildirilişiça, hodisa Jarqayn tumani Uşkarasu qişloğida sodir bölgan. Mahalliy iqtisodiyotda jami hisobda 37 boş qoramol uşbu kasaldan nobud bölgan. Ularning göşti esa qişloq aholisiga tarqatilgan. Natijada 12 kişi kuydirgi kasaligiga çalingan deb gumon qilinib, şifoxonaga yotqizilgan. Ularning öntasida taşxis tasdiqlangan.
Bemorlarning barçasi hozir Esil viloyat şifoxonasining yuqumli kasalliklar bölimiga joylaştirilgan. Bundan taşqari, mutaxassislar bemorlar bilan aloqada bölgan 22 nafar şaxsni aniqladi.
Maʼlumot uçun, uşbu kasallik bilan oğrigan deb gumon qilingan hayvonni söyiş oqibatida kapsula holatidagi mikrob kislorodli muhitga çiqadi va juda çidamli spora hosil qiladi. U tuproqda 100 yilgaça saqlanişi mumkin. Odamlarda esa tana haroratining 41-42 darajagaça kötirilişi, nafas oliş va yurak urişining tezlaşişi, holsizlik, iştaha yöqolişi, şuningdek, oşqozon-içak organlari faoliyatining buzilişi va qon ketişi kabi asoratlar bilan keçadi.









