Kosta-Rika qamoqxonasida giyohvand moddalarni taşişda vosita sifatida işlatilgan muşuk qölga olindi. Bu haqda CNN xabar berdi.
Maʼlum qilinişiça, joriy yilning 6 may kuni qamoqxona qöriqçilari daraxtlar orasida orqasida paketlar bilan yugurayotgan muşukni payqagan. Holatdan şubhalangan xodimlar muşukni uşlagan va uning tanasida giyohvand moddalar borligini aniqlagan.
Qayd etilişiça, hayvonning tanasiga 235,65 gramm marixuana va 67,76 gramm geroin solingan paketlar boğlangan.
Rasmiylarning maʼlum qilişiça, muşukning soğliği tekşirilişi uçun Milliy hayvonlar salomatligini muhofaza qiliş xizmatiga topşirilgan.
Hozirda tergovçilar kontrabanda sxemasining ortida kim turganini aniqlaşga harakat qilmoqda.









