Joriy yilning 15 fevral kuni Farğona viloyati, Marğilon va Qöqon şaharlarida muşuk göşti va undan tayyorlanadigan tamolar sotgan uddaburon tadbirkorlar qölga tuşdi.
Tadbirkor va uning şeriklarini hibsga oliş Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş boşqarmasi tomonidan ötkazilgan reyd doirasida amalga oşirildi. Odamlarga Islom dinida isteʼmolga xarom qilingan muşuk göştini sotgan tadbirkorning omboridan foydalanişga yaroqsiz bölgan qariyb ikki tonna göşt mahsulotlari topilgan. Mazkur göştlardan aholi gavjum joylarda kabob va manti taomlari tayyorlanib, sotib kelingan.
Ayni paytda tadbirkor va uning şeriklariga nisbatan jinoyat kodeksining tegişli moddalari böyiça jinoyat işi qözğatildi.Tergovga kadar tekşiruv olib borilmokda.









