Rossiya armiyasida yuzaga kelgan oziq-ovqat tanqisligi tufayli kannibalizm (odam yoki hayvonning öz turiga mansub boşqa individni yeyişi) holatlari qayd etildi. Bu haqda “The Sunday Times” habar berdi.
Maʼlum qilinişiça, Ukrainaga bostirib kirişda iştirok etgan bir neça rus harbiy xizmatçilari oziq-ovqat tanqisligi sababli kannibalizmga murojaat qila boşlagan. Naşr Ukraina harbiy razvedkasi materiallari, şu jumladan fotosuratlar va rus zobitlari örtasidagi önga yaqin audio xabarlarni asos qilib olgan. Şuningdek, xabarda öz örtoqlarini yeb qöygan kamida beşta holat haqida gap borgan.
Qayd etilişiça, holatlardan biri 2025 yil noyabr oyida Donetsk viloyati Mirnograd hududida sodir bölgan. Taqdim etilgan dalillarga köra, 95-alohida gvardiya motorli miltiq brigadasining 51-alohida qöriqçilarining 51-polkida xizmat qilgan “Çöloq” çaqiruv belgisi bilan piyoda askar ikki hamkasbini öldirgan va ulardan birining oyoğini yeyişga harakat qilgan.
Bu böyiça nomaʼlum ofitser brigada razvedka bataloni komandirining örinbosari Vladislav Razikovga Telegram orqali xabar bergan. Şuningdek, u tasvirlarni, şu jumladan kesilgan oyoqning fotosuratini ham yuborgan.
Aytilişiça, tasvirlar maxsus dasturiy taʼminot yordamida tahlil qilingan. Tasvirni örgangan mustaqil harbiy jarrohning taʼkidlaşiça, jarohatlar jangovar jarohatlarga öxşamaydi va ehtimol ötkir narsa bilan kesiş orqali yetkazilgan.
Mavjud ovozli xabarlarda ofitser odam göştini yemoqçi bölgan askar podvaldan topilganligini daʼvo qilgan. Uning sözlariga köra, askarni uşlamoqçi bölganida, u öt oçgan va öşa yerda öldirilgan.
Bundan taşqari, ofitser uning askarlari oçlikdan va qattiq çarçaganidan şikoyat qilgan. Boşqa qölga kiritilgan suhbatlarda ham kannibalizm holatlari qayd etilgan. Xususan, ötgan yilning aprel oyida “Most” çaqiruv belgisi bölgan askar qömondonga inson göştini isteʼmol qilgan hamkasbi haqida şikoyat qilgan.
Şuningdek, 2025 yil oktyabr oyida 1437-motorli miltiq polkining qömondoni şunga öxşaş harakatlarda böysunuvçini ayblagan va “odamlarni yeyişni” töxtatişni talab qilgan.
Yana bir boşqa xabarda 55-motorli miltiq brigadasi boşliği alkogol va giyohvand moddalar bilan birga kannibalizmni aniq taqiqlovçi buyruq çiqargani ham maʼlum bölgan.
Ukraina tomoni ham qölga olingan rus askarlari oziq-ovqat yetişmasligini daʼvo qilayotganini aytgan. Şuningdek, AQŞ harbiy-dengiz kuçlarining sobiq kapitani Bredli Martin Rossiya armiyasida taʼminot bilan boğliq muammolar haqidagi xabarlar işonçli ekanini aytib, qöşinlarni qöllab-quvvatlaş Rossiya qömondonligi uçun ustuvor vazifa emasligini qayd etgan.









