2020 yil 10 iyuldan 2020 yil 1 avgustga qadar respublika miqyosida:
a) quyidagi karantin çeklovlari joriy etildi:
? avtotransport vositalarining harakati çeklandi;
? davlat organlari va taşkilotlarining asosiy iş faoliyatiga taʼsir etmagan holda qonunçilikda belgilangan tartibda mehnat taʼtiliga çiqarilişi, qolgan qismining mehnat faoliyatini maksimal darajada masofadan turib (onlayn yoki distantsion tarzda) taşkil etilişi belgilandi;
? davlat organlari, taşkilotlar va korxonalarda yiğilişlar ötkaziş taqiqlandi, zarur hollarda yiğilişlarni videokonferentsaloqa rejimida ötkaziş belgilandi;
? hududlar örtasida avtotransport vositalari qatnovi taqiqlandi (qişloq xöjaligi mahsulotlarini yetiştiruvçi taşkilotlarga tegişli xizmat va şaxsiy avtotransport vositalarining harakati bundan mustasno);
? tomoşa, madaniy-köngiloçar va boşqa ommaviy tadbirlarni ötkaziş taqiqlandi;
? töy hamda boşqa oilaviy marosimlarni ötkaziş taqiqlandi;
? 65 yoşdan oşgan şaxslarning jamoat joylarida, şuningdek, aholining köçalarda va maydonlarda uç kişidan ortiq bölib harakatlanişi çeklandi.
b) quyidagi obʼektlar faoliyati töxtatildi:
➖ parklar va istirohat boğlaridagi attraktsionlar;
➖ buyum bozorlari va buyumlar savdosi bilan şuğullanuvçi yirik dökonlar;
➖ sport zallari, fitnes klub, trenajer va basseynlar;
➖ taşkiliy-huquqiy va mulkçilik şaklidan qatʼi nazar maktabgaça taʼlim taşkilotlari, öquv kurslari va har qanday tögaraklar;
umumiy ovqatlaniş obʼektlari (restoran, kafe, oşxona, çoyxona) (yetkazib beriş (keytering) xizmati bundan mustasno);
sanatoriylar, pansionatlar, bolalar oromgohlari, mehmon uylari, plyajlar va boşqa dam oliş maskanlari;
v) xalqaro aviaqatnovlar va yuk taşuvlar bilan boğliq quyidagi yangi tartiblar belgilandi:
xalqaro aviaqatnovlar xorijiy davlatlardagi epidemiologik vaziyatni tahlil qilgan holda ikki baravarga qisqartiriladi;
xalqaro yuk taşuvlarni amalga oşiradigan avtotransport vositalari xaydovçilari majburiy tartibda koronavirus infektsiyasini aniqlaş böyiça test topşiradi.









