Diqqat! Özbekistonda karantin çoralari qaçondan bosqiçma-bosqiç bekor qilinişi maʼlum böldi

Diqqat! Özbekistonda karantin çoralari qaçondan bosqiçma-bosqiç bekor qilinişi maʼlum böldi

Respublika maxsus komissiyasining 2020 yil 6 maydagi yiğilişi bayoniga muvofiq koronavirus tarqalişi holatining hududlar kesimidagi tahlilidan kelib çiqib, karantin çeklovlari joriy yil 8 mayidan boşlab quyidagi uçta toifaga kiruvçi hududlarga ajratilib, bosqiçma bosqiç bekor qilib boriladi.

? Birinçi — "qizil" toifadagi hudud — oxirgi 14 kun içida koronavirus infektsiyasiga çalingan şaxslar aniqlangan hududlar:

➖ Qoraqalpoğiston Respublikasi,
➖ Andijon,
➖ Namangan,
➖ Farğona,
➖ Samarqand,
➖ Toşkent,
➖ Buxoro va
➖ Sirdaryo viloyatlari.

? Bunda "qizil" hududda mavjud karantin çeklovlari saqlab qolinadi hamda vaziyatga qarab qayta körib çiqiladi.

❗️"Qizil" hududlarda quyidagi faoliyat turlariga RUXSAT BERILADI:

? oziq-ovqat savdo dökonlari, nooziq-ovqat mahsulotlari ulgurji savdo dökonlari, quriliş materiallari bozorlari, tikuvçilik va biçuvçilik tsexlari, tijorat banklarining obʼektlardagi şahobçalari (kassalari), kimyoviy tozalaş, notarial idoralar, advokatura va suğurta taşkilotlari, poyabzal taʼmirlaş ustaxonalari, çorvaçilik, terini qayta işlaş korxonalari, tezkor ovqat tayyorlaş nuqtalari (yetkazib beriş va olib ketiş uçun), tibbiyot muassasalari faoliyati;

? qişloq xöjaligi mahsulotlarini yiğiş, joylarga yetkaziş va sotiş, uruğ va köçat yetiştiriş hamda ularni sotiş, avtomobillarga ehtiyot qismlar sotiş, hunarmand va ustalar, ular tomonidan yasalgan buyumlarni bozor rastalaridan taşqari alohida joylaşgan joyda (dökon) sotiş;

? obʼektlarda quriliş, rekonstruktsiya qiliş va taʼmirlaş işlarini amalga oşiriş, yakka tartibdagi quriliş va taʼmirlaş işlari, yetkazib beriş xizmati;

? köp qavatli uylarning bevosita oldida va içki hovli hududlarida ijtimoiy masofani saqlagan va niqob taqqan holda sayr qiliş.

 Ikkinçi — "sariq" toifadagi hudud — oxirgi 14 kun davomida koronavirus infektsiyasiga çalingan şaxslar aniqlanmagan, biroq uşbu kasallikka çalingan va davolanayotgan şaxslar mavjud bölgan hududlar:

➖ Surxondaryo,
➖ Xorazm viloyatlari,
➖ Toşkent şahri.

? "Sariq" hududlarda ayrim çeklovlar saqlab qolinadi.

✔️ "Sariq" hududlarda, "qizil" hududlarga qöşimça ravişda yana quyidagi faoliyat turlariga ruxsat beriladi:

? nooziq-ovqat mahsulotlari çakana savdo dökonlari, zargarlik va gul sotiş dökonlari, sartaroşxona va gözallik salonlari (maxsus talablar asosida) hamda mehmonxonalar (xostellar va mehmon uylari bundan mustasno) faoliyati;

? avtomaşinalar yuviş şahobçalari faoliyati, avtomobillar, qişloq xöjaligi va quriliş texnikalariga texnik xizmat (servis) körsatuvçi taşkilotlar faoliyati;

? hunarmandçilik, maişiy jihozlar va elektron qurilmalarni taʼmirlaş ustaxonalari faoliyati;

? yönalişsiz taksida maxsus talablar asosida yölovçi taşiş, velosiped va skuterda harakatlaniş.

 Uçinçi — "yaşil" toifadagi hudud — koronavirus infektsiyasiga çalingan şaxslar aniqlanmagan (yoki aniqlangan şaxslar töliq soğaygan) hududlar:

➖ Navoiy,
➖ Jizzax va
➖ Qaşqadaryo viloyatlari.

"Yaşil" hududlarda, yuqoridagilarga qöşimça ravişda:

❗️park va istirohat boğlari faoliyatiga (attraktsion va köngiloçar obʼektlar faoliyati bundan mustasno),

❗️avtotransportlarning stikersiz harakatiga,

❗️davlat taşkilotlarida fuqarolar qabullariga ham ruxsat beriladi.

〰️〰️〰️〰️〰️

"Yaşil" va "sariq" toifadagi hududlarda yönalişsiz taksilarga yölovçi taşişga, sartaroşxona va gözallik salonlari hamda savdo majmualari faoliyat yuritişiga quyidagi talablar asosidagina ruxsat berildi:

? YÖNALIŞSIZ TAKSILAR — yölovçi taşiş uçun avtotransport vositasi salonida haydovçi örindiği yölovçilar örindiğidan şaffof plastik yoki maxsus plyonka bilan tösilgan bölişi, haydovçi va yölovçi tibbiy niqobda bölişi (tibbiy niqobsiz yölovçini taşiş taqiqlanadi), yölovçilarni avtotransport vositasi saloni orqa örindiğiga ötkazilişi hamda faqat öz (avtotransport vositasi davlat röyxatidan ötkazilgan) hududida harakatlanişi lozim;

??‍♂️ SARTAROŞXONA VA GÖZALLIK SALONLARI — xizmat körsatuvçi şaxslar tomonidan şaxsiy himoya vositalari — tibbiy xalat yoki kombinezon, tibbiy niqob (N 95 yoki ustma-ust 2 ta oddiy spanbond niqobli), yuzni töliq tösadigan himoya maskasi va tibbiy qölqopdan foydalangan holda "1 ta xizmat körsatuvçi şaxs — 1 ta mijoz" tamoyili asosida ijtimoiy masofani saqlagan holda işlaşi lozim;

? SAVDO MAJMUALARI — qatʼiy ijtimoiy masofani saqlagan holda ruxsat etiladi, bunda: ❌ savdo majmuasining attraktsion, köngiloçar, ovqatlaniş bölinmalari, kinoteatr va öyin maydonçalari faoliyatiga ruxsat berilmaydi.

 Avtotransport vositalarining STIKERSIZ, şuningdek, mototransport va velosipedlarning harakatlanişiga "yaşil" hududlarda ruxsat beriladi.

〰️〰️〰️〰️〰️

⏰ "Sariq" va "qizil" hududlarda:

avtotransport vositalari stikersiz har kuni 07:00 dan – 10:00 gaça, 17:00 dan – 20:00 gaça harakatlanişi mumkin.

×