Özbekistondagi jazoni ijro etiş muassasalarida saqlanayotgan mahbuslarning 9 foizi koronavirus kasalligiga çalingan. Bu haqda 28 yanvar kuni AOKAda bölib ötgan matbuot anjumanida IIV Jazoni ijro etiş boş boşqarmasi davolaş profilaktika yordamini taşkillaştiriş bölimi boşliği Bahodir Yusupov maʼlum qildi.

«Albatta, jazoni ijro etiş muassasasida ham koronavirus kasalligi qayd etildi. Biz koronavirus infektsiyasiga qarşi davolaş meʼzonlarini işlab çiqqan edik. Yengil va simtompsiz şakldagilarni biz tizimning özida, örta va oğir şakldagilarini Soğliqni saqlaş vazirligi tasarrufidagi 4 ta kasalxonada davoladik. Şuni taʼkidlaş kerakki, örta hisobda mahbuslarning 9 foizi kasallikka çalingan. Lekin birorta ham ölim holati qayd etilmadi», — dedi Bahodir Yusupov.
Taʼkidlanişiça, soğliqni saqlaş tizimiga olib çiqib Qaşqadaryo hamda Buxoro viloyatida davolanayotgan şaxslar Jinoyat kodeksining 75-moddasi (Kasallik yoki mehnat qobiliyatini yöqotiş oqibatida jazodan ozod qiliş) va jinoiy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 165-moddasiga (tovlamaçilik) binoan oğir ahvoldagi ikki nafar bemor muddatidan oldin ozodlikka çiqarilgan.
Şuningdek, respublikada 2021 yil 1 yanvar holatida probatsiya bölimlarida 57 ming 36 nafar şaxs nazorat ostida turibdi. Ulardan 52 ming 73 nafarini erkaklar, 4 ming 963 tasini ayollar, 16 ming 186 nafarini yoşlar, 189 nafarini esa voyaga yetmagan şaxslar taşkil etadi.
«Hozirgi kunda barça tarbiya koloniyalarida jazoni ötayotgan mahkumlar mehnatga jalb qilinmasdan öqiş bilan band. Xususan, voyaga yetmaganlarning 25 nafariga maxsus haydovçilik guvohnomalari berildi», — dedi Yusupov.
Bundan taşqari, Özbekistonda jazoni ötayotganlar uçun bir qator qulayliklar ham yaratilgan bölib, 2021 yilning 1 fevralidan boşlab mahkumlar va ularning yaqinlari uçun onlayn rejimida masofaviy videouçraşuv taqdim etiladi.
«Birinçi marta ozodlikdan mahrum etiş jazosiga hukm qilingan şaxslar jazoni yengilroğiga almaştiriş tartibida töğridan-töğri probatsiya nazoratiga ötkaziladi. Buning natijasida, manzil-koloniyalarida jazo muddatini ötayotgan mahkumlar sonining tizimli qisqarib borişi hisobiga manzil-koloniyalari soni 25 tagaça qisqartiriladi va maqbullaştiriladi», – dedi Jazoni ijro etiş boş boşqarmasi Tarbiyaviy va ijtimoiy psixologik işlarni taşkil etiş boşqarmasi boşliği Jamşid Sultonov.
Avvalroq Jazoni ijro etiş xodimlari şaxsiy videoregistrator (bodikamera) bilan xizmat ötaşlari joriy qilinişi va hozirda Zangiota tumanidagi jazoni ijro etiş muassasasida test rejimida sinovdan ötkazilayotgani haqida xabar qilingan edi.
Maʼlumot uçun, 2021 yil 28 yanvar holatiga köra, Özbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 78 ming 602 (+46) nafarni taşkil etmoqda. Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 897 nafar bemordan 158 nafari oğir, 32 nafari esa öta oğir ahvolda deyiladi Soğliqni saqlaş vazirligi axborotida..









