Buxoro viloyati hokimi örinbosari Mirali Hamroyev xalq taʼlimi boşqarmasi boşliği Dilfuza Mustafoyevaning viloyatda 239 nafar maktab xodimi koronavirusga çalingani haqidagi xabarini rad etdi. Bu haqda hokim örinbosari iştirokidagi brifingda qatnaşgan «Daryo» muxbiri xabar berdi.
«Buxoro viloyati sanitariya-epidemiologik osoyiştalik markazining 13 sentyabrdagi maʼlumotiga köra, haqiqatan ham viloyatdagi 28 ming 53 nafar öqituvçi va texnik xodimlarning 18 ming 831 nafari, yaʼni 67,1 foizidan test olingan. Tahlillar ularning 239 nafarida birlamçi musbat natija bergan va uşbu fuqarolarga nisbatan profilaktik tadbirlar ötkazilişi böyiça xulosa taqdim etilgan. Şunga köra, hozirda kasallikda gumon qilingan pedagog va texnik xodimlarga uy şaroitida tibbiy profilaktik yordam körsatilmoqda. Xalq taʼlimi boşqarmasi boşliği Dilfuza Mustafoyeva esa brifing jarayonida masalaning ana şu jihatlarini inobatga olmagan holda maʼlumot taqdim etgan», — dedi Mirali Hamroyev.
Taʼkidlaş lozim, 13 sentyabr kuni viloyat xalq taʼlimi boşqarmasi boşliği Dilfuza Mustafoyeva iştirokidagi brifingda viloyatdagi umumiy örta taʼlim maktablarining 239 nafar öqituvçi va işçi-xodimlarida koronavirus aniqlangani aytilgandi.
«Oxirgi ikki haftada koronavirusdan tuzalganlar 40 nafar, kasallanganlar esa 37 nafarga yetgan. Avgust oyining mos davriga nisbatan sönggi 15 kunlikda kasallanişlar 5 taga köpaydi. Ayni paytda davolanayotganlar 33 nafar bölib, ularning barçasi statsionar şaroitda davo muolajalarini ötamoqda. Oğir yoki öta oğir ahvoldagi bemorlar yöq», — dedi Buxoro hokimi örinbosari.
Mirali Hamroyevning qöşimça qilişiça, 2020 yilning 16 martidan 14 sentyabrga qadar Buxoroda koronavirus yuqtirganlar 1083 nafarni taşkil etgan. Kasallanganlarning 399 nafari karantin obʼektlaridan, 684 nafari esa aholi orasidan aniqlangan. Viloyatda kasallikdan tuzalganlar soni 1042 nafar bölib, bu viloyatda kasallikdan soğayiş körsatkiçi 96 foizga yetganini körsatadi.









