Rasul Kuşerbayev boşiga qora kunlar tuşdimi?

Rasul Kuşerbayev boşiga qora kunlar tuşdimi?

«Ezgulik» jamiyati rahbari Abdurahmon Taşanov Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati Rasul Kuşerbayev boşida qora bulutlar aylanayotgani haqida yozdi.

Taşanov advokat Umid Davlatovga tayanib yozişiça, ayni paytda Toşkent viloyatining Yangiyöl tumanida mulkni talon-toroj qiliş gumoni bilan bir neça tadbirkor 3 oydan beri uşlab turilibdi. Şunga qaramay, ularga haligaça tayinli ayblov eʼlon qilinganiça yöq.

Ularning aytişiça, 2017 yilda tadbirkorlik subʼektini taşkil qiliş çoğida Özbekiston Oliy Majlisining deputati Rasul Kuşerbayev huquqiy kömak bergan. Endi tadbirkorlar mazkur “şağal biznesi asli Kuşerbayevniki” ekanini aytişsa böldi, hammasi joyida bölarmiş.

Yana bir gap, bundan 6-7 yil muqaddam Rasul Kuşerbayev marhum otasiga ajratilgan yer uçastkasini ekilgan teraklari bilan birga mahalliy fuqarolardan biriga ehtiyoj tufayli sotgan. Endi deputatning yerini sotib olgan fuqaroni siquvga olişmoqda. Yuqoridagi kabi u ham mazkur işga “firib” aralaşganini tan olsa, hammasi joyida bölarkan.

"Bu yigitni hayotda körmaganman, muloqotda ham bölmaganman. Uning çiqişlarini, qonunçilikka şarhlarini kuzatib hurmatim oşgan. Avtomobillar farasini yoqib yuriş “islohot”ini sindirganidan tortib, “snos”lar epidemiyasiga qarşi kuraşini bilaman, xolos.

Parlament saylovlaridagi debatlarda uning şijoati, pragmatik fikrlaşidan könglim tölgan. Ijtimoiy tarmoqlarda uni odamlar qahramonga çiqarişayotganini körib havasim kelgan. Afsus, endi esa voqealar rivoji men qörqayotgan özandan ketsa, uning boşiga tuşadigan taşvişlardan çöçiyapman", deydi post muallifi.

Rasul Kuşerbayevning özi hali bu postga munosabat bildirmadi. Deputat oxirgi postida böş vaqt topib qozoq yozuvçisi Tölen Abdikov qalamiga mansub "Farosat maydoni" nomli töplamni tarjima qilganini yozdi. 

"Asardagi uşbu parça inson xayolini band etarkan deydi deputat: "Uç kun içida inson dözaxga ham könikadi, deyişadi. Qiyinçilikka, azob-uqubatlarga könikiş balki omon qoliş uçun ham kerakdir, ammo insonning gunoh va jinoyatga, adolatsizlik bilan orsizlikka örganişi eng yomon, eng havfli mahoratdir".

×