Makgregor mağlubiyatdan söng Habibni yana bir jang ötkazişga taklif qildi

Makgregor mağlubiyatdan söng Habibni yana bir jang ötkazişga taklif qildi

Ikki vazn toifasida sobiq UFC çempioni, irlandiyalik Konor Makgregor rossiyalik jangçi Habib Nurmuhamedovni yana bir jang ötkazişga taklif qildi. Bu haqda u Abu-Dabida bölib ötgan UFC 257 turniridan keyingi matbuot anjumanida aytib ötdi.

Turnirdan keyin ötkazilgan matbuot anjumanida Konor Habibning Twitter’da qoldirgan tvitiga munosabat bildirdi, unda Nurmuhamedov Makgregorning sparring şeriklari özgarişi sababli Puare bilan duelda yutqazganini aytib, irlandiyalik sportçining jamoasini “yoş bolalar” deb atagandi. Makgregorning sözlariga köra, u çempion bölgan jamoasini özgartirmagan, şuningdek, Habibni undan yaşiringan, deb taxmin qilgan va Habibni ikkinçi jangga undagan.

Bundan taşqari, jang tugaganidan söng, Makgregor darhol karerasini yakunlamoqçi emasligini maʼlum qildi. Unga köra, u 2021 yilni faol ötkazişni rejalaştirmoqda.

Makgregor va rossiyalik jangçi Habib Nurmuhamedov örtasidagi jang 2018 yilning kuzida bölib ötgandi. Öşanda Nurmuhamedov Makgregor ustidan ğalaba qozongan.

×