Irlandiyalik MMA jangçisi Konor Makgregor va amerikalik Dastin Pore örtasidagi uçinçi jang 10 iyul kuni bölib ötadi. Bu haqda yengil vazn toifasidagi sobiq UFC çempioni özining Instagram sahifasida maʼlum qildi.
“Jang tayinlandi! 10 iyul kuni siz Mak nimalarga qodir ekanini körasiz”, deb yozgan Makgregor.
Eslatib ötamiz, avvalroq Amerikalik UFC jangçisi Dastin Pore irlandiyalik Konor Makgregor bilan uçinçi jangi uçun şartnomaga imzo çekkandi.
Katta ehtimolga köra, musobaqa Las-Vegasdan taşqarida ötkaziladi, çunki koronavirus pandemiyasi sababli iyul oyida Nevada şahrida ommaviy tadbirlarga yöl qöyilmasligi mumkin.









