Maxaçev Topuriya bilan super jang haqida qaror qabul qildi

Maxaçev Topuriya bilan super jang haqida qaror qabul qildi

Rossiyalik yarim örta vazn toifasidagi UFC çempioni Islom Maxaçev gruzin millatiga mansub ispaniyalik jangçi, yengil vazn toifasidagi çempion Iliya Topuriya bilan jang qilişga yoki Vaşingtondagi Oq uyda bölib ötadigan turnirda iştirok etişga tayyorligini maʼlum qildi. Bu haqda Maxaçev “Telegraf” naşriga bergan intervyusida söz oçdi.

“Hozirda mening vazn toifamda çempionlik uçun kuraşişga loyiq yetarliça daʼvogar bor. UFC menga yangi maqsad belgilaşi kerak, şunçaki kutyapman”, deydi Maxaçev.

U şuningdek, Iliya Topuriya bilan jang bölişi mumkinligi haqida fikr bildirgan.

“Bu ğoya menga yoqdi. Agar UFC buni xohlasa va köplab MMA muxlislari ham bu jangni istasa, men tayyorman”, deya qöşimça qilgan u.

Şuningdek, Maxaçev Vaşingtondagi Oq uyda bölib ötadigan turnir haqida töxtalib ötgan. 

“Bu mening keyingi jangimni ötkazişim mumkin bölgan maydonlardan biri. Ramazon oyi davomida bir oy maşq qilmayman, şundan keyin asta-sekin tayyorgarlikni boşlayman. Oq uy turniri bölsin yoki boşqa sanalar bölsin, men tayyorman”, deydi Maxaçev.

Maʼlumot uçun, Maxaçev amaldagi yarim örta vazn toifasidagi UFC çempioni (77 kg) bölib, uşbu unvonni 2025 yil 15 noyabrda UFC 322 musobaqasida Jek Della Maddalenani mağlub etib qölga kiritgan.

Topuriya esa amaldagi UFC yengil vazn toifasidagi çempion. 2025 yilda u vazn toifasida yuqoriga kötarilib, Çarlz Oliveyrani mağlub etib, böş turgan çempionlik unvonini qölga kiritgan.


Teglar:
×