Özbekistonda yarim milliondan ortiq kişi elektrsiz qoldi

Özbekistonda yarim milliondan ortiq kişi elektrsiz qoldi

AOKAda «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ boşqaruvi raisining birinçi örinbosari Jahongir Obidjonov iştirokida brifing ötkazildi. Unda elektr energiyasidagi uzilişlar bilan boğliq holatga izoh berildi.

Qayd etilişiça, keça boşlangan va ayni paytda davom etişi  kuzatilayotgan kuçli şamol, qor böroni oqibatida havo elektr tarmoqlari hamda trasformator punktlariga yetkazilgan şikast natijasida, respublika böyiça, 110 kV kuçlanişli 7 dona havo liniyalarida va 6-10 kV kuçlanişli 476 dona havo liniyalarida uzilişlar vujudga kelgan. Tezkor maʼlumotlarga köra, elektr energiyasidagi uzilişlar natijasida 550.100 nafar isteʼmolçi elektr energiyasisiz qolgan.

Ayni vaqtda isteʼmolçilarni bosqiçma-bosqiç tarmoqqa qayta ulaş işlari olib borilmoqda. Şuningdek,  elektr energiyasiz qolgan 350.200 dan ortiq yoki deyarli 60 foizi qayta tarmoqqa ulanişi taʼminlangan.

«Özgidromet» maʼlumotiga köra, bunday noqulay ob-havo şaroiti ayrim hududlarda bugun ham davom etişi mumkin. Şuni hisobga olgan holda, «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ aholini elektr energiyasida vujudga kelişi mumkin bölgan uzilişlardan ogohlantirgan.

×