Özbekistonda yer uçastkasiga bölgan huquqni davlat röyxatidan ötkazmaslik yoki yerlarni özboşimçalik bilan egallab oliş muammosiga hamon davom etyapti. Bu masalaga Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev raisligida ötkazilgan davlat kadastrlarini yuritişning yangi tizimini samarali taşkil etiş masalalari böyiça videoselektor yiğilişda ham töxtalib ötildi.
Qayd etilişiça, birgina joriy yilda 50 mingga yaqin holatda 11 ming 200 gektar yer özboşimçalik bilan egallangan, şundan 3 200 gektarda noqonuniy uy-joy qurilgan. Bularning 99 foizi suğoriladigan, unumdor qişloq xöjaligi yerlari.
Yiğilişda agrar yerlarni nazorat va ekinlarni monitoring qiliş maqsadida har bir tuman dron bilan taʼminlanişi aytildi. Bundan taşqari, kosmosdagi sunʼiy yöldoşlar orqali kuzatuvdan foydalanib, noqonuniy qurilmalarni tezkor aniqlaş va qurilişni ilk bosqiçidayoq bartaraf etiş imkonini beradigan axborot tizimi yölga qöyiladi. Bu dastlab ayrim viloyatlarda sinovdan ötkaziladi.
Barça viloyat, tuman va şaharlarning maʼmuriy çegaralarini aniqlaş işlarini şu yil yakuniga yetkazib, mahalliy kengaşlarda tasdiqlaş vazifasi qöyildi. 2 mingdan ziyod nomsiz köçalar, 1 milliondan ortiq raqamsiz uylar borligi qayd etilib, tegişli körsatmalar berildi.









