Özbekistonga yarim milliondan ortiq vaktsina olib kelindi

Özbekistonga yarim milliondan ortiq vaktsina olib kelindi

Bugun, 10 yanvar kuni Özbekistonga 500 400 doza Moderna vaktsinasi olib kelindi. Bu haqda Soğliqni saqlaş vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etiş kerak, bu 2022 yil hisobidan keltirilgan ilk partiya.

Xabarga köra, ayni vaqtda Özbekistonda foydalanilayotgan vaktsinalar miqdori 49 536 768 dozani taşkil qilmoqda.

Ulardan: 

•  2 404 480 dozasi – AstraZeneca;

•  37 789 938 dozasi – ZF-UZ-VAC2001;

•  1 341 790 dozasi – "Sputnik V"; 

•  3 500 460 dozasi – Moderna;

•  2 316 600 dozasi – Pfizer/BioNTech;

•  1 976 000 dozasi – Sinovac;

•  207 500 dozasi – Sputnik Light vaktsinasidir.

Şundan qariyb 40 million dozasi emlaş jarayonlarida qöllanilgan.

×