Özbekistonda yarim yilda iş joylarida 137 kişi halok böldi

Özbekistonda yarim yilda iş joylarida 137 kişi halok böldi

2026 yilning yanvar–iyun oylarida Özbekistonda mehnat faoliyati bilan boğliq 447 ta baxtsiz hodisa qayd etildi. Bu haqda Davlat mehnat ispeksiyasi xabar berdi.

Qayd etilişiça, ulardan 21 tasi guruhiy, 311 tasi oğir oqibatli, 113 tasi esa ölim bilan yakunlangan. Uşbu davrda jami 494 nafar fuqaro jabrlangan. Şundan 337 nafari oğir, 20 nafari yengil tan jarohati olgan, 137 nafari esa halok bölgan.

Taqqoslaş uçun, Davlat mehnat inspektsiyasining 2025 yil yakunlari böyiça hisobotida mamlakatda mehnat faoliyati bilan boğliq 849 ta baxtsiz hodisa qayd etilgani maʼlum qilingan edi. Ulardan 216 tasi ölim bilan, 583 tasi oğir oqibatlar bilan yakunlangan, 50 tasi esa guruhiy hodisalar bölgan. Öşa yili jami 961 kişi jabrlangan, ularning 248 nafari halok bölgan.

Demak, 2026 yilning dastlabki olti oyidayoq qayd etilgan 447 ta baxtsiz hodisa va 137 nafar ölim holati ötgan yilgi körsatkiçlarning yarmidan oşganini körsatmoqda.

Şuningdek, mehnat faoliyati bilan boğliq baxtsiz hodisalar oqibatida jabrlanganlar va ularning oila aʼzolariga bir martalik hamda oylik tölovlar sifatida jami 10 milliard 376 million söm undirilgan.


Teglar:
×