Ijtimoiy tarmoqlarda "Indamay olib borib, kömib keliş boşlandimi?" izohi bilan Sirdaryoda vafot etgan fuqaroni heç qanday dafn marosimisiz, maxsus kiyimdagi odamlar tomonidan kömilgani aks etgan video tarqaldi.
Mazkur videodagi holat yuzasidan Muzrobod tumani hokimligi munosabat bildirdi.
Keltirilişiça, Mirzaobod tumani Tinçlik mahallasida istiqomat qilgan 1954 yilda tuğilgan Ö.E. (ayol) joriy yilning 13 iyul kuni Respublika şoşilinç tibbiy yordam Sirdaryo viloyat filialiga noʼmalum isitma taşxisi bilan tuşgan.
14 iyul kuni keçasi yurak işemik kasalligi gipertoniya kasalligi huruji oqibatida vafot etgan. Sirdaryo viloyati yuqumli kasalliklar böyiça mutaxassisi, viloyat SEOM epidemiologlari va boşqa taaluqli mutaxassislar tavsiyasiga köra, labaratoriya tekşiruvlari mavjud bölmasada koronavirus infektsiyasi bilan kasallangan degan taxminiy taşxis qöyilgan.
Tuman aholisi örtasida koronavirus infektsiyasining kirib kelişi va köpayişining oldini oliş maqsadida viloyat mutaxassislari tavsiyasiga köra vafot etgan fuqaro Özbekiston Respublikasi Soğliqni saqlaş vazirligining 2020 yil 28 mart kuni tasdiqlangan “Koronavirus kasalligi bilan röyxatga olingan yoki gumon qilinib, vafot etgan bemorlar jasadini dafn etiş xavfsizligini taʼminlaş böyiça vaqtinçalik qoidalar töğrisida”gi buyruği asosida dafn qiliş işlari amalga oşirildi.
Mayitni dafnga tayyorlaş va dezinfektsiya işlarini ötkaziş musulmonçilik qoidalari asosida şoşilinç tibbiy yordam markazida amalga oşirildi.
Dafn marosimida iştirok etgan marhumning 10 nafar qarindoşlari, SEOM mutaxassislari, mahalla raisi va xuquq tartibot organi vakillari xavfsizlik nuqtai nazaridan himoya vositalari bilan taʼminlandilar.
Dafn marosimi diniy idora vakillari iştirokida musulmonçilik qonun-qoidalari asosida 2020 yil 15 iyul kuni ötkazildi, deyiladi Mirzaobod tumani hokimligi Axborot xizmati xabarida.









