Namanganda ukasining jinoyatini körgan aka içki işlarga xabar berdi

Namanganda ukasining jinoyatini körgan aka içki işlarga xabar berdi

Namangan viloyati Yangiqörğon tumanida ukasining Nexia-2 rusumli avtomobilni öğirlab kelganini körgan aka hudud profilaktika inspektoriga bu haqda xabar berdi. Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti uşbu maʼlumotni tasdiqlamoqda.  

Joriy yilning 10 yanvar kuni soat 18:30 da nomaʼlum şaxs transport vositasini olib qoçiş maqsadida Namangan viloyati Yangiqörğon tumani “Beşbuloq” mahallasida böla turib, 30 yoşli fuqaro A.A. tomonidan öziga tegişli Nexia-2 rusumli avtomobilni yaşaş xonadoni oldida, orqa oynasi oçiq holda qarovsiz qoldirilganidan foydalanib, qonunga xilof ravişda uşbu avtomobilni nomaʼlum tomonga olib qoçib ketgan.

Tezkor qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur Nexia-2 rusumli avtomobil 41 yoşli fuqaro Yo.M. tomonidan olib qoçilgani, u mast holatda avtomobilni boşqarib, özining yaşaş manziliga olib borib qöyganini körgan Yo.M. ning akasi N.M. özining fuqarolik burçini anglagan holda, darhol hudud profilaktika inspektoriga bu haqda maʼlum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Yangiqörğon tumani IIB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan Yo.M. ga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qoçiş) bilan jinoyat işi qözğatilgan. 

Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

×