Telegram guruhli videoqönğiroqlar paydo bölişi haqida xabar berdi

Telegram guruhli videoqönğiroqlar paydo bölişi haqida xabar berdi

Telegram messenjeri guruhli videoqönğiroqlar funktsiyasi işga tuşirilişi haqida eʼlon qildi. Bu haqda kompaniya xabarida aytilgan.

Telegram’da taʼkidlanganidek, funktsiyani işga tuşiriş 2020 yil oxirigaça rejalaştirilgan. Xavfsiz guruhli videoqönğiroqlar uçun texnologiyani yaratiş möljallanmoqda.

«Hozirgi global lokdaun videoaloqa böyiça işonçli vosita zarurligini körsatdi. 2020 yilda videoqönğiroqlar 2013 yildagi xabarlar almaşinuviga juda öxşaş. Yoki xavfsiz, yoki foydalanişga yaroqli bölgan dasturlar mavjud, ammo bir vaqtning özida şu ikki jihatni özida birlaştirgani yöq. Biz buni hal qilmoqçimiz va 2020 yilda sizni xavfsiz guruhli videoqönğiroqlar bilan taʼminlaşga eʼtibor qaratamiz», - deyiladi Telegram’da.

Messenjer yil yakunlariga köra oylik auditoriya 400 milliongaça köpaygani haqida xabar berdi. Bir yil oldin uning auditoriyasi 300 million foydalanuvçi edi.

Kompaniyaning taʼkidlaşiça, pandemiya va uydan işlaşga ötiş şaroitida, Telegram ijtimoiy tarmoqlar yönalişida 20dan ortiq mamlakatda eng köp yuklab olingan ilovaga aylandi.

manba: Kun.uz

×