Toşkentda voyaga yetmaganlarning jasadi içki organi bölmagan holatda topilayotgani rostmi? IIBB bunga javob berdi

Toşkentda voyaga yetmaganlarning jasadi içki organi bölmagan holatda topilayotgani rostmi? IIBB bunga javob berdi

Toşkent şahar IIBB ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan vahimali xabarlarga javob berdi.

Maʼlum bölişiça, şu kunlarda Toşkent şahri va poytaxt viloyatida voyaga yetmagan bolalarning jasadlari içki organlari bölmagan holda köçada topilayotgani bilan boğliq vahimali xabarlar tarqala boşlagan. IIBBning xabar qilişiça, bunday axborotlar heç qanday asosga ega emas. Şuningdek, uşbu hududlarda voyaga yetmaganlarga qiziqib yurgan şaxslar paydo bölgani bilan boğliq xabarlar ham haqiqatdan yiroq ekanligi aytilmoqda.

Şu bilan birga, boşqarma şunday xabarlarni tarqatayoganlarni aniqlaş böyiça çora körilayotganini maʼlum qilgan. IIBB fuqarolardan asossiz xabarlarni tarqatmaslikni söragan.

×