Facebook va Twitter Trampning akkauntini blokladi

Facebook va Twitter Trampning akkauntini blokladi

Facebook va Twitter ijtimoiy tarmoqlari maʼmuriyati Donald Trampning akkauntini bloklab qöydi. Bunga Trampning AQŞda bölib ötgan prezidentlik saylov natijalarini tan olişdan boş tortgani bilan bir qatorda saylovlarni qalbakilikda ayblagani va ular orqali ijtimoiy tarmoqdan foydalaniş qoidalarini buzgani sabab qilib körsatilgan. Bu haqda xavfsizlik böyiça Twitter rasmiy akkauntida söz boradi.

Trampning Facebook’dagi akkaunti 24 soatga, Twitter’dagi akkaunti esa 12 soatga bloklangan. Bundan taşqari, Twitter Prezident uçta tortişuvli tvitini olib taşlaşi kerakligini taʼkidlagan. Agar takroriy qoidabuzarlik yuz bersa, Trampning akkaunti butunlay bloklanişi maʼlum qilingan.

Facebook Trampni postlarni öçirişga çaqirmagan. Biroq, tarmoq maʼmuriyati tomonidan Vaşingtonda zöravonlik avj olişiga olib kelgan, deb topilgan videoxabarni mustaqil ravişda öçirib taşlagan. 

Avvalroq, Tramp AQŞdagi prezidentlik saylovlari natijalarini tan olişdan boş tortganini tarmoqlarda bir neça bor eʼlon qilgan edi. Biroq, norozilik namoyişlari avj olişi bilan u öz tarafdorlarini qonunni buzmaslikka, tinçlikni saqlaşga çaqirgan. Ayni paytda, Vaşingtonda joriy qilingan favqulodda holat Jozef Baydenning inauguratsiyasiga qadar uzaytirilgan.

Eslatib ötamiz, keça, 6 yanvar kuni AQŞning amaldagi Prezidenti Donald Trampning tarafdorlari mamlakat poytaxti Vaşingtondagi Kapitoliy oldida namoyiş qilib, Kongress binosiga bostirib kirgan edi. Oqibatda 4 kişi halok böldi, 50 dan ortiq namoyişçi hibsga olindi.

×