Google Afğoniston amaldorlarining akkauntlarini blokladi — OAV

Google Afğoniston amaldorlarining akkauntlarini blokladi — OAV

Google Tolibonning şaxsiy maʼlumotlarga kirişiga va xalqaro hamkorlar bilan yozişmalariga yöl qöymaslik uçun Afğoniston hukumati amaldorlarining elektron poçta hisoblariga kirişni vaqtinça tösib qöydi. Bu haqda öz manbalariga tayanib, Reuters xabar bermoqda.

Manbalarga köra, Tolibon sobiq hukumat xodimlarining şaxsiy maʼlumotlari va rasmiy yozişmalariga kirişni niyat qilgan, şuning uçun ular xodimlardan ismi oşkor qilinmagan vazirliklar serverlaridagi barça maʼlumotlarni saqlaşni söraşmoqda.

"Agar men buni qilsam, ular vazirlikning oldingi rahbariyatining maʼlumotlari va rasmiy hisobotlaridan foydalanişlari mumkin böladi", dedi bölimlardan birining xodimi.

Agentlikning aniqlik kiritişiça, Google hisoblari 20 ga yaqin Afğoniston davlat idoralarida, jumladan, moliya, sanoat, oliy taʼlim vazirliklarida va prezident protokoli xizmatida. Ularning taʼkidlaşiça, elektron poçta orqali yuboriş Tolibonga sobiq maʼmuriyat xodimlari, sobiq vazirlar, hukumat pudratçilari, içki ittifoqçilar va çet ellik şeriklar haqidagi maʼlumotlarni oliş imkonini beradi.

×