AQŞ Senati Ukrainasiz Isroilga yordam berişni blokladi

AQŞ Senati Ukrainasiz Isroilga yordam berişni blokladi

Xabaringiz bor, AQŞ Kongressi Vakillar palatasi respublikaçilarning Isroilga 14,3 milliard dollarlik yordam körsatiş rejasini maʼqullagandi. Ammo mamlakat Senati Ukrainaga bir vaqtning özida yordam körsatmasdan ajratilayotgan mablağ haqidagi qonun loyihasini blokladi. 

Agar Senat qonun loyihasini maʼqullaganida, u AQŞ Prezidenti Jo Baydenga imzolaş uçun taqdim etilgan bölardi. Biroq Oq uy Bayden ikki palatada ovoz berişdan ötib, yakunlangan taqdirda ham hujjatga veto qöyişi va imzolaşdan boş tortişi haqida oldindan ogohlantirgan. 

Vakillar palatasi respublikaçilar tomonidan 30 oktyabrda ilk bor taqdim etilgan qonun loyihasi Vakillar palatasi yangi spikeri Mayk Jonson davridagi birinçi yirik qonunçilik taşabbusi hisoblanadi.

Uning mohiyati faqat Isroilga yordam körsatiş, jumladan, Isroilning “Temir gumbaz” va boşqa havo mudofaa tizimlarini sotib oliş uçun 4 milliard dollar, şuningdek, “Temir nur” tizimini rivojlantiriş uçun 1,2 milliard dollar ajratişdir. 

Qonun loyihasi kiritilgaç, u AQŞ senatorlari tomonidan tanqid qilindi.

31 oktyabr kuni Senatdagi respublikaçilar yetakçisi Mitç Makkonnel qonun loyihasiga törtta hudud – Ukraina, Isroil, Tayvan va AQŞning Meksika bilan çegarasiga tegişli çoralarni kiritiş zarurligini taʼkidlagan. Öz navbatida, Senatdagi Demokratik köpçilik yetakçisi Çak Şumer Vakillar palatasida taqdim etilgan qonun loyihasini bemaʼni taklif deb atagan.

Eslatib ötamiz, Amerika maʼmuriyati 1 oktyabrda boşlangan yangi moliya yilida xavfsizlik uçun mamlakat byudjetidan deyarli 105 milliard AQŞ dollaridan ortiq mablağ ajratmoqçi. Uşbu summaning yarmidan köpi Ukraina va unga tegişli Amerika dasturlari uçun sarflanişi rejalaştirilgan.


×