Donald Trampning AQŞ prezidentligidan ketişiga oz qoldimi?

Donald Trampning AQŞ prezidentligidan ketişiga oz qoldimi?

AQŞ Kongressi Vakillar palatasi AQŞ Prezidenti Donald Trampga qarşi rasman impiçment (prezidentlikdan oliş) jarayoni boşlanganini eʼlon qildi. Bu haqda "sof.uz" yozmoqda.

Bunga nima sabab böldi?

Trampni impiçment qilişga çaqirib kelayotgan demokratlar u saylangan birinçi kundanoq mavjud edi va ularga köra, buning sabablari juda köp. Lekin bu hafta yuz bergan sönggi maşmaşalar demokratlar talabini yanada kuçaytirdi va ularning sardori, Vakillar palatasi Spikeri Nensi Pelosi ham bu işni qöllab-quvvatlaşini rasman eʼlon qildi. Pelosi dastlab bunga qarşilik bildirib kelayotgan edi. Çunki impiçment talabi kelayotgan saylovda Trampning tarafdorlarini jonlantirib, unga qöl kelişi mumkin.

Xullas, sönggi maşmaşa şuki, Tramp 2020 yilda qayta saylanişini osonlaştiriş uçun Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiydan demokrat raqibi Jo Bayden oilasining Ukrainadagi bizneslarini tekşirişni söragan. Yaʼni, şu orqali Baydendan kir topib, buni saylovda unga qarşi işlatişni közlagan. Kiyevga bosim ötkaziş uçun Tramp hatto Kongressning Ukrainaga ajratgan yordam pulini ham tösgani aytilmoqda. Bu juda jiddiy ayblovlar. Yaʼni, AQŞ rahbari özining saylanişi uçun xorijiy hukumatdan yordam söraşi mumkin emas va Kongress ajratgan mablağdan taʼsir quroli sifatida foydalanişi ham noqonuniy.

Tabiiyki, Tramp bu ayblovlarni inkor etmoqda.

Tramp impiçment bölişi ehtimoli qançalik yuqori?

Bunday ehtimol juda past. Nega? Çunki impiçment böyiça sönggi qarorni Senat beradi. Yaʼni, prezident Senatda sud qilinadi va ularning qarori asosida prezident yo işda qoladi yoki işdan olinadi. Ayni paytda Senatda respubikaçilar köpçilik. Trampning aybini inkor qilib bölmaydigan darajada aniq dalillar bölsagina ular impiçmentni yoqlaşi mumkin. Aks holda va köp ehtimol bilan hozirgi vaziyatda respublikaçilar partiyadoşi Trampni himoya qilişi aniq va demak, prezidentning impiçmentga uçraşi ehtimoli juda kam.

Vaziyatni kuzatişda davom etamiz.

×