AQŞ Prezidenti Donald Trampning qölida kökarişlar paydo bölgan va Oq uy rahbari buning ortidan qöliga krem surkab olgan. Bu haqda “The Daily Beast” xabar berdi.
Naşrning yozişiça, suratida Tramp qölining kökargan joyi körinmagan, biroq Prezidentning qöli qalin krem qatlami bilan qoplangan. 79 yoşli davlat rahbari yana öz lavozimiga kirişganidan beri u bir neça bor öng qölidagi kökarişlarni kosmetika vositasi bilan yaşirişga majbur bölmoqda.
Rasmiy Vaşington avvalroq Prezidentning qölidagi kökarişni tez-tez qöl siqişlari bilan boğlagan edi. Aprel oyida Trampning şifokori yillik tibbiy körik natijalarini eʼlon qildi, unga köra Trampning “kognitiv va jismoniy salomatligi aʼlo darajada”.
Iyul oyida Prezident maʼmuriyati Trampga surunkali venoz yetişmovçilik taşxisi qöyilgani, biroq uning “salomatligi aʼlo darajada” ekanini aytgandi.
“Bahorda doktor Şon Barbabella özining yillik jismoniy imtihon natijalarini eʼlon qilib, Trampning “jismoniy va kognitiv salomatligi aʼlo darajada” ekanini aytdi. Ammo sönggi oylarda Prezidentning suratlari va omma oldida çiqişlari uning soğliği joyida ekani haqida muntazam savollar tuğdirmoqda”, deb yozadi naşr.
Oq uy matbuot kotibi Kerolayn Levittning sözlariga köra, AQŞ Prezidenti yaqinda olingan fotosuratlarda töpiqlari şişgan va qöli kökarganini körsatgaç, tibbiy körikdan ötkazilgan.
“Oyoğining şişişi venoz kasalligi bilan boğliq bölib, şikastlangan klapanlar qonning oyoqlardan yurakka qaytişiga yöl qöymasa paydo böladi. Bunday holat hozirda keng tarqalgan, ayniqsa 70 yoşdan oşgan odamlarda”, deya tuşuntirgan matbuot kotibi.









