Qozoğiston Milliy gvardiyasining sakkiz nafar politsiya xodimi va harbiy xizmatçisi halok böldi, yana 317 nafari mamlakatning bir qator viloyatlarida röy bergan tartibsizliklar natijasida yaralandi. Bu haqda Respublika Içki işlar vazirligi matbuot xizmatiga tayanib xabar berilgan.
Şuningdek, vazirlik buzğunçilik va talon-taroj qiliş harakatlari provokatorlar tomonidan uyuştirilganini aytib, fuqarolarni ularning provokatsiyalariga berilmaslikka çaqirgan.
Ayni vaqtda ijtimoiy tarmoqlarda Qozoğistondagi morgda olingan video tarqalmoqda. Unda qurolli harakatlar çoğida köplab fuqarolar halok bölganini köriş mumkin.
Keça, 5 yanvar kuni Olma-ota şahri aeroportida ötkazilgan aksilterror operatsiyasi davomida yana ikki harbiy xizmatçi halok bölgan. Qozoğiston Prezidenti Qosim-Jomart Töqayev Olma-otada terrorçi tödalar bir aeroport va beşta samolyotni, jumladan xorijiy samolyotni qölga olganini maʼlum qildi. Olma-ota aeroporti matbuot xizmati xabariga köra, binoda maxsus operatsiya ötkazilgan. Aeroport bosqinçilardan ozod qilingan.
Qozoğiston Içki işlar vazirligi xabariga köra, namoyişlarda yuzlab odamlar jabrlangan. Ular orasida huquq-tartibot idoralari xodimlari, şifokorlar, oddiy aholi, jumladan, keksalar mavjud.
Keçagi Qozoğiston huquq-tartibot idoralari mamlakatning bir qança viloyatlarida sodir etilgan noqonuniy harakatlar çoğida jamoat tartibini buzganlik uçun 200 dan ortiq kişini qölga olinganini maʼlum qilgandi. Içki işlar vazirligi maʼlumotlariga köra, 37 ta xizmat avtomaşinasiga zarar yetkazilgan.
Qayd etilişiça, davlat organlari xodimlariga nisbatan zöravonlik, bezorilik, davlat binolariga hujum qilişga doir 13 ta holat böyiça dastlabki tergov harakatlari olib borilgan.
Qozoğistonda namoyişlar
Qozoğistonda norozilik aktsiyalari yangi yilning ilk kunlaridan boşlandi. Janaozen şahrida avtomobil egalari suyultirilgan gaz narxi 120 tengega (qariyb 3 ming söm) kötarilganidan norozi bölib, ommaviy mitingga çiqdi. Tobora olovlangan namoyişlar ortidan Hukumat komissiyasi Aqtau şahridagi “Intimak” maydonida namoyişçilar bilan uçraşgan. Uçraşuv davomida suyultirilgan gaz narxini pasaytiriş va Manğistau viloyatida gaz narxini litri uçun 50 tenge etib belgilaş töğrisida qaror qabul qilingan.
Muzokara davomida tomonlar barça yuzaga kelayotgan muammolarni konstruktiv muloqotning asosiy oqimida va amaldagi qonunçilik doirasida hal qilişga kelişib olgan.
Şuningdek, miting iştirokçilari javobgarlikka tortilmasligiga ham kafolat berilgandi. Lekin, 5 yanvar kuni Qozoğiston huquq-tartibot idoralari mamlakatning bir qança viloyatlarida sodir etilgan noqonuniy harakatlar çoğida jamoat tartibini buzganlik uçun 200 dan ortiq kişini qölga oldi.
5 yanvar kuni, şuningdek, Qozoğistonning amaldagi Hukumati isteʼfo berdi. Prezident Qosim-Jomart Töqayev Hukumat isteʼfosini qabul qildi. Şuningdek, Qozoğistonning Birinçi Prezidenti - Elboşi Nursulton Nazarboyev Qozoğiston Xavfsizlik kengaşi raisi lavozimidan ketdi. Uning örnini Prezident Töqayev egalladi.
Şuningdek, Milliy xavfsizlik qömitasi raisi Karim Masimov lavozimidan ozod etildi. Uning örnini Yermek Sagimbayev egalladi.
Qozoğistonda butun mamlakat böylab 19 yanvargaça favqulodda holat joriy etildi. Şuningdek, şu kunlarda soat 23:00 dan 07:00 gaça komendantlik soati amalda böladi.
Töqayev mamlakatdagi norozilik vaziyatiga Hukumat, xususan, Energetika vazirligi, şuningdek, “Kazmunaygaz” va “Kazakgaz” kompaniyalarini aybladi.
Kollektiv xavfsizlik şartnomasi taşkiloti (ODKb) mamlakatga çeklangan muddatga tinçlikparvar kuçlarni kiritiş töğrisida qaror qabul qildi.









