Namanganda çavandozlar musobaqasi bölmoqda. Viloyat hokimi ham uloq-köpkariga qöşildi!

Namanganda çavandozlar musobaqasi bölmoqda. Viloyat hokimi ham uloq-köpkariga qöşildi!

Bugun yakşanba. Ayni damda havo sovuq, qor yoğayotgan bölişiga qaramay, Namangan şahrining Davlatobod tumani hududida joylaşgan «Otçopar»da Töraqörğon tumani hosil bayrami va uloq musobaqasi ötkazilmoqda. Qöşni Qirğiziston va viloyatimizning jami hududlaridan mohir çavandozlar ham kelişgan.

Köpkarini viloyat hokimi Şavkatjon Abdurazzoqov, şahar va barça tumanlar hokimlari zör qiziqiş bilan kuzatib bormoqda. Viloyat rahbarining ğayrati jöşib, darrov maydonga tuşdi va uloqqa qöşildi. U minglab yiğilganlar olqişlari ostida davrani bir qur aylandi.


— Uloq-köpkari mard yigitlarning maşğuloti, bunga işqibozlikning ham öziga yaraşa gaşti bor. Yurtimizga bayramlar yaraşadi. Dalalarimizda hosil doimo möl-köl bölsin, biz şunday ajoyib tadbirlarni uyuştirişdan çarçamaylik, — dedi viloyat hokimi.
Kosonsoylik yoş çavandoz Murodxon Abdurasulov ikki yildan beri ot çopadi, yoşi 13 da. Uning aytişiça, yoqtirgan bu zavqli sport turiga bolalikdan qiziqadi.

Darvoqe, mazkur musobaqada taniqli xonanda Toşpölat Matkarimov «Oq tulporim bor edi…» deya köpçilikning sevimli qöşiğini kuylamoqda. Taronaga çavandozlar otda turgan holda raqsga tuşişdi.

Ğalla va paxta rejasini ortiği bilan, birinçilardan bölib bajargan Töraqörğon tumanining ayol hokimasi Zulayho Mahkamova xursandçilikdan öyinga tuşib ketdi. «Tumanimiz dehqonlari joriy yilda qişloq xöjaligining barça sohalarida fidokorona mehnat qildi. Şukurki, mana, yuzimiz yuruğ», deydi Zulayho opa hayajon bilan kötarinki kayfiyatda.

Axborotni tayyorlayotganimdan xabar topgan namanganlik şoir va jurnalist Abdusattor Botirov hozir yozgan yangi şeʼri bilan örtoqlaşdi:

Ajdarhodek kişnaydi tulpor,
Tuyoğini kökka kötarib.
Bir uloqqa mingta talabgor,
Osmonlarga köçar köpkari.

Çopişni-ku buzoq ham eplar,
Uçmasinmi tursa qamçilab?
Bilmaganlar samanni maqtar,
Otda emas,
Çavandozda gap!

Taşkilotçilar tomonidan sovringa tikilgan tuya, toy, buzoq, qöy-eçki, televizor va boşqa qimmatbaho sovğalar uloqni belgilangan joygaça dadil ortmoqlab borganlarga topşirilmoqda. Bellaşuv qizğin tarzda davom etmoqda.

Orifjon JÖRAYEV,
«Yangi Özbekiston» gazetasining Namangandagi muxbiri.

×