Viloyat hokimi Rossiyadagi mehnat migrantlari huzurida

Viloyat hokimi Rossiyadagi mehnat migrantlari huzurida

Avval xabar berganimizdek, Namangan viloyati hokimi Şavkatjon Abdurazakov boşçiligidagi delegatsiya Rossiya Federatsiyasida bölib turibdi.

Bugun viloyat hokimi Moskva viloyati Kotovo posyolkasida joylaşgan juda ham yirik AO «PIK-INDUSTRIYA» korxonasida böldi. Uşbu korxona temir-beton mahsulotlari işlab çiqarişga ixtisoslaşgan bölib, hozirgi kunda bu yerda 238 nafar vatandoşlarimiz, şu jumladan 160 nafar namanganliklar qonuniy mehnat faoliyati bilan şuğullanmoqdalar.

Viloyat hokimi taşabbusi bilan vatandoşlarimiz uçun tuşlikka özbekona oş tortildi. Iş jarayonidagi namanganliklar bilan suhbat uyuştirgan viloyat rahbarining sovğalari berildi.

Şuni alohida taʼkidlaş joizki, mamlakatimizda Taşqi mexnat migratsiyasi masalalari Agentligi taşkil etilişi, uning hududlarda filiallari oçilişi, ularga xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikqiliş vakolatlari berilişi orqali qonuniy migratsiya taʼminlanib, yurt taşqarisida faoliyat yuritayotgan yurtdoşlarimizga har tomonlama munosib iş joylari, şart-şaroitlar yaratilişiga davlatimiz tomonidan eʼtibor qaratilmoqda.

  • Avvallari rosa qiynalardik. Taşqi mehnat migratsiyasi Agentligi taşkil etib berganliklari uçun Prezidentimizdan minnatdormiz. Mana hozir iş joyimiz, mehnat haqimiz, xavfsizligimiz kafolatlangan. Biz davlatimiz himoyasida ekanimizni sezib turamiz, - deydi namanganlik vatandoşlarimiz suhbat çoğida.

Namangan viloyati delegatsiyasining Rossiya Federatsiyasiga safari davom etmoqda.

×