Namangan viloyati sudi raisining mini futbol böyiça musobaqasi ötkazildi

Namangan viloyati sudi raisining mini futbol böyiça musobaqasi ötkazildi

Sport salomatlik garovi ekanini barçamiz yaxşi bilamiz. Şu bois, Özbekistonda sport bilan şuğullaniş ommaviy tus olmoqda. Soğlom turmuş tarziga amal qilayotgan yurtdoşlarimiz soni kun sayin köpayib borayotgani ham fikrimiz dalilidir.

Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 oktyabrdagi «Soğlom turmuş tarzini keng tatbiq etiş va ommaviy sportni yanada rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi Farmoniga asosan jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam şuğullaniş hamda soğlom turmuş tarzi böyiça hayotiy könikmalarni şakllantiriş maqsadida, jismoniy faollik tadbirlari tizimli va samarali taşkil etib kelinmoqda.

Umuman olganda, bugun nafaqat yoşlar va aholining keng qatlami orasida balki korxona taşkilot xodimlari örtasida ham sportni tarğib qiliş va sportning turli yönalişlari böyiça musobaqalar taşkil qiliş anʼanaga aylandi.

Özbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatining 2021 yil  27 fevraldagi qarori ijrosini taʼminlaş maqsadida işlab çiqilgan “Yöl xarita”sining 84-bandi va Viloyat sudi raisining 2021 yilga möljallangan iş rejasi ijrosini taʼminlaş maqsadida Namangan viloyat sudlari va sud xodimlari örtasida joriy yilning 25 iyun kuni mini-futbol böyiça “Namangan viloyat sudi raisi kubogi” uçun musobaqa ötkazildi.

Musobaqada Namangan viloyati maʼmuriy sudi, Namangan viloyat sudi jinoyat işlari böyiça sudlov hayʼati, Namangan viloyat sudi fuqarolik işlari böyiça sudlov hayʼati, Namangan viloyat sudi iqtisodiy işlar böyiça sudlov hayʼati, tumandagi Jinoyat, fuqarolik, iqtisodiy sudlaridan taşkil etilgan terma jamolar iştirok etdi.

Kunning birinçi yarmida saralaş öyinlari ötkazilib, jinoyat işlari böyiça Namangan şahar sudi jamoasi jinoyat işlari böyiça Töraqörğon, Pop tuman sudlari terma jamoasini 7-2 hisobida, Uçqörğon tuman sudlarining terma jamoasi jinoyat işlari böyiça Mingbuloq, Namangan tuman sudlari terma jamoasini 3-1 hisobda, jinoyat işlari böyiça Çortoq, Kosonsoy tuman sudlari terma jamoasi Viloyat va tumanlaroaro Maʼmuriy sudi terma jamoasini 2-1 hisobda, Namangan viloyat sudi fuqarolik işlari böyiça sudlov hayʼati va Namangan tumanlaro sudi terma jamoasi jinoyat işlari böyiça Uyçi, Norin tuman sudlari terma jamoasini 6-0 hisobida, Namangan viloyat sudi iqtisodiy işlar böyiça sudlov hayati, tumanlararo iqtisodiy sudi va Sudlar faoliyatini taʼminlaş departamenti terma jamoasi, jinoyat işlari böyiça Çortoq, Kosonsoy tuman sudlari terma jamoasini 3-1 hisobda yutib keyingi bosqiçga yöl olişdi.

Kunning ikkinçi yarmida yarim final baxslari bölib ötdi. Unda Uçqörğon tuman sudlari terma jamoasi Namangan viloyat sudi fuqarolik işlari böyiça sudlov hayʼati, Namangan tumanlararo sudi  termasini 4-1 xisobda, Namangan viloyat sudi jinoyat işlari böyiça sudlov hayʼati Namangan viloyat sudi iqtisodiy işlar böyiça sudlov hayati, tumanlararo iqtisodiy sudi va Sudlar faoliyatini taʼminlaş departamenti terma jamoasini 5-3 hisobda mağlub etib,  finalga yöl olişdi.

Musobaqaning final uçraşuvida, Namangan viloyat sudi jinoyat işlari böyiça sudlov hayʼati jamoasi va Uçqörğon tuman sudlari terma jamoasi baxs olib bordi. Jinoyat işlari böyiça sudlov hayʼati jamoasi Uçqörğon tuman sudlari terma jamoasini 4-2 hisobida mağlub etib, musobaqaning mutloq ğolibiga aylandi.

Musobaqa yakunida ikkinçi, uçinçi örinni olgan jamoalarga esdalik sovğlari topşirildi.

Ğolib jamoaga «Namangan viloyat sudi raisi kubogi» va esdalik sovğalari topşirildi. Şuningdek, nominatsiyalar böyiça ham yaxşi öyin körsatganlar ham taqdirlandilar.

Namangan viloyat sudi jamoatçilik va OAV bilan aloqalar bölimi

×