Koronavirus pandemiyasi Yevropaga, xususan, futbolga tuzatib bölmaydigan zarba berdi. UYEFA Çempionlar ligasi va Yevropa Ligasining navbatdagi öyinlari qoldirilganini eʼlon qildi. Bundan taşqari, deyarli barça musobaqalar rasman töxtatildi.
Koronavirus sabab, Yevro-2020 musobaqasi ötkazilişi söroq ostida qolayotgandi. Bugun, 17 mart kuni UYEFA milliy assotsiatsiyalar iştirokida mavsum taqvimi bilan boğliq vaziyatni hal qiliş yuzasidan videokonferentsiya ötkazdi. Ukraina futbol assotsiatsiyasi Yevropa çempionati 2021 yilga köçirilganini rasman eʼlon qildi.

Maʼlumot örnida, Yevropa çempionati jahon çempionati kabi har 4 yilda bir marotaba ötkazib kelinadi. Uşbu musobaqa sönggi bor 2016 yil Frantsiyada bölib ötgandi. Öşanda musobaqaning final bosqiçida Portugaliya Frantsiya terma jamoasiga qarşi bahs olib borgan va 1:0 hisobida ğalaba qozonib, öz tarixida ilk marotaba Yevropa çempioni, degan nomga sazovor bölgandi.









