Instagram’ga yangi funktsiya qöşildi

Instagram’ga yangi funktsiya qöşildi

Instagram’da postlarni boşqa foydalanuvçilarga tavsiya etiş yoki etmaslik töğrisida yangi funktsiya işlab çiqildi. Bu haqda BBC xabar berdi. 

Ilgari Instagram foydalanuvçilarining postlari baʼzi qonun-qoidalarning buzilgani sababli boşqa foydalanuvçilarga körinmay qolar edi. “Shadow banning” (“soyani taqiqlaş”) deb ataluvçi bu holat esa foydalanuvçilarning öziga maʼlum qilinmasdi. Yaʼni mobodo siz yuklagan foto yoki video qandaydir sabablarga köra taqiqlab qöyilsa, bu haqda özingiz bexabar qolar edingiz. 

Yangi qoidaga köra esa, agar foydalanuvçi biror nojöya kontent tarqatmoqçi bölsa, uning postlari bloklanadi va bu haqda unga xabar beriladi. Şundan söng, foydalanuvçi postini öçirib taşlaşi, tahrir qilişi yoki anglaşilmovçilik bölgan bölsa Instagram’ga apellyatsiya yuborişi mumkin böladi. 

Instagram rahbari Adam Mosseri bu qaror “şaffoflik”ni taʼminlaşini aytgan.

“Baʼzida sizning surat va videolaringiz tavsiyalarimizda körsatilmaydigan holatga tuşib qolişi mumkin. Agar siz bizning körsatmalarimizni buzadigan narsalarni joylaştirgan bölsangiz, kontentingiz tavsiya etilmaydigan holatga tuşib qoladi”, deb tuşuntiradi Mosseri.

Qayd etilişiça, yangi qoida yirik texnologiya kompaniyalariga zararli kontentning tarqalişini oldini oliş, dezinformatsiyani çeklaş imkonini beradi. Şuningdek, kontent yaratuvçilari ham qanday xato qilayotganini anglab, postlarini tuzatişi mumkin böladi. 

Maʼlumot uçun, Instagram foydalanuvçilari quyidagi ketma-ketlikda öz akkauntining statusini tekşirişi va öz postlari taqiqlangan yoki taqiqlanmaganini bilişi mumkin. Buning uçun Instagram ilovasidan şaxsiy profilga ötiladi. U yerdan menyuga va undan akkauntga kiriladi. U yerdan akkaunt statusi bölimiga ötiladi. Şu yerdan postlaringiz taqiqlangan yoki yöqligini bilişingiz, agar bu xatolik bölsa, Instagram’ga xabar berişingiz mumkin böladi.


×