Bugun, 13 may kuni Özbekiston hududiga Kavkaz hududlaridan salqin va nam havo massalari kirib kelişi kutilmoqda. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar berdi.
Qayd etilişiça, bugun baʼzi joylarda yomğir yoğadi va momaqaldiroq kuzatiladi, yakşanba kuni havo quruq va kam bulutli böladi
Bugun Özbekiston hududiga Kavkaz hududlaridan salqin va nam havo massalari kirib kelişi kutilmoqda. Atmosfera fronti kirib kelişida respublika böyiça baʼzi joylarda momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomğir yoğadi. Momaqaldiroq paytida şamol 15-20 m/s gaça kuçayişi mumkin. Kunduzi harorat 23-28° atrofida böladi.
14 may kuni respublikaning markaziy va şarqiy hududlarida momaqaldiroqli qisqa muddatli yomğir yoğişi va şiddatli şamollar bilan ob-havoning beqarorligi saqlanib turadi. Yomğir yoğganda kunduzi havo harorati 20-23° gaça pasayadi, bu may oyining örtalari uçun bölgan meʼyoriy qiymatlardan 3-4° ga pastdir.
Respublikaning toğ oldi va toğli hududlarida 13-14 may kunlari baʼzi joylarda yomğir kuçli yoğadi, sel-suv toşqin hodisalari kuzatilişi mumkin. Ayrim joylarda döl yoğişi ehtimoli bor.
15 may yakşanba kuni respublika böyiça yoğingarçilik kutilmaydi, faqat ayrim toğli hududlarda qisqa muddatli yomğir yoğişi, momaqaldiroq bölişi mumkin. Kunduz kuni havo harorati 25-28° gaça kötariladi.









