Joriy yilning 26-28 noyabr kunlari Özbekiston hududidan sovuq antitsiklon asta-sekin çekinadi. Şanba va yakşanba kunlari respublika böylab yoğingarçiliksiz ob-havo kuzatiladi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar berdi.
Keça, 25 noyabr kuni keçqurun Özbekiston hududiga Volga böyidan nisbatan sovuq va nam antitsiklon kirib keldi.
Keçasi respublikaning markaziy va şarqiy viloyatlarida yomğir yoğdi, toğlarda yoğingarçilik (yomğir, qor), baʼzi joylarda kuçli böldi. Ayrim joylarda şamol tezligi 15-20 m/s gaça kuçayişi kuzatildi.
Ertalabga kelib, kirib kelgan front Özbekistonning eng şarqiy hududlari tomoniga qarab siljidi.
Bugun, 26 noyabr kunduz kuni respublika hududining katta qismida quruq va salqin ob-havo bölişi kutilmoqda, faqat Andijon, Namangan, Farğona viloyatlarida baʼzi joylarda yomğir yoğadi, şamol 15-20 m/s gaça kuçayadi. Havo harorati 7-12° iliq atrofida böladi.
Toğli hududlarda havo bulutli, baʼzi joylarda asosan qor körinişidagi yoğingarçilik böladi.
Şanba va yakşanba kunlari sovuq antitsiklon respublika hududidan asta-sekin çekinadi. Respublika böylab yoğingarçiliksiz ob-havo kuzatiladi. Keçalari va ertalablari harorat biroz salbiy qiymatlargaça pasayadi, kunduz kuni esa quyoş nurlari havoni 13-15° iliqqaça isitadi. Respublikaning şimolida harorat keçalari 6-9° iliq, kunduz kunlari 4-7° iliq atrofida böladi.









