Joriy yilning 23 dekabr kuni ijtimoiy tarmoqda «fuqaroning ölimiga 3 yildan oşgan bölsada, unga jarima belgilangani» xabari tarqalgandi. IIV YHXBB axborot xizmati holat yuzasidan qöşimça maʼlumot berdi.
Qayd etilişiça, joriy yilning 29 iyun kuni Sirdaryo viloyati, Mirzaobod tumani hududida haydovçi, 1954 yilda tuğilgan Jalolov Sobirjon öziga tegişli bölgan, «Matiz» rusumli avtomobilda yöl harakati qoidalarining 9-bandida belgilangan talabni buzgan holda, xavfsizlik kamarini taqmasdan harakatlangan. Haydovçi tuman IIB YHXB YPX xodimi S.Abdunabiyev tomonidan töxtatilgan va unga nisbatan qoidabuzarligi yuzasidan maʼmuriy bayonnoma rasmiylaştirilgan.
Tuman IIB YHXB maʼmuriy amaliyot xodimi tomonidan fuqaro S.Jalolovga nisbatan tuzilgan bayonnoma KAAT markazlaşgan dasturiga kiritilişi vaqtida uşbu fuqaro bilan ism-familiyasi va tuğilgan yili bir xil bölgan, Samarqand viloyatida yaşagan, 1954 yilda tuğilgan Jalolov Sobirjonning röyxatda turgan manzili böyiça jazo qöllaş töğrisidagi jarima qarori çiqarilgan.
«Samarqand viloyatida röyxatda turgan, 1954 yilda tuğilgan S.Jalolovga nisbatan çiqarilgan qaror belgilangan tartibda bekor qilinganligini maʼlum qilib, yöl qöyilgan kamçiliklar uçun uzr söraymiz», deyiladi IIV YHXBB xabarida.









