Andijonda maktab direktori örinbosarini maʼnaviy buzuq, deb haqoratlagani uçun blogerga qözğatilgan jinoyat işi bekor qilindi. Bu haqda Boş prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum bölişiça, andijonlik bloger Otabek Nuritdinov Facebook ijtimoiy tarmoğida unga nisbatan asossiz jinoyat işi qözğatilganligi haqida post qoldirgan. Unda Andijon şahridagi 25-maktab direktor örinbosari G.M. bollarni geylikda ayblab, tuhmat qilgani, bollarni himoya qilib, buning tuhmat ekanini aytib, G.M.ni xulqi buzuq ayol ekani haqida yozgani uçun unga jinoyat işi oçilganini bildirgan.
Boş prokuratura matbuot xizmatining maʼlum qilişiça, Andijon viloyati prokuraturasi taşabbusi bilan mazkur jinoyat işi nazorat tartibida örganildi. Aniqlanişiça, 2020 yil oktyabr oyida Abdufatto Nuritdinov Facebook’dagi «Otabek Nuritdinov» nomli sahifasida fuqaro G.Mirzayevani «maʼnaviy buzuq ayol» va şu kabi sözlar bilan haqoratlaganligi böyiça 20 noyabr kuni Andijon şahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan Jinoyat kodeksining 140-moddasi (haqorat qiliş) bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Biroq jinoyat işi qözğatiş haqidagi qarorni qabul qilişda jinoyat protsessual qonunçiligi talablariga töliq rioya qilinmaganligi aniqlangan. Şu sababli Jinoyat-protsessual kodeksining 23-moddasi (aybsizlik prezumptsiyasi) 3-qismiga muvofiq Abdufatto Nuritdinovga nisbatan qözğatilgan jinoyat işi bekor qilingan.
Eslatib ötamiz, Otabek Nuritdinov taxallusi ostidagi andijonlik bloger Abdufatto Nuritdinov şu yilning yanvar oyida tuhmat va haqoratda ayblanib, 15 sutkaga qamalib çiqqandi. Bloger öz postlarida, asosan, Asaka şahridagi mansabdorlar faoliyatidagi ehtimoliy korruptsion faktlar, byudjet mablağlarini öğirlaş va talon-toroj qiliş holatlari haqida yozgan.
Fevral oyida esa Andijon şahrining Asaka tumanidagi «Xolid ibn Valid» jome masjidi yaqinida spirtli içimliklar dökoni oçilgani haqida 18 fevral kuni post joylaganidan söng dökon egalari tomonidan kaltaklangandi.









