Toşloq tuman maʼmuriy sudi YHXBni parda böyiça jarima qarorini bekor qildi.

Toşloq tuman maʼmuriy sudi YHXBni parda böyiça jarima qarorini bekor qildi.

Sönggi kunlarda keng jamoatçilik tomonidan transport vositalarini boşqarişda pardadan foydalaniş bilan boğliq holatlar böyiça qizğin fikrlar bildirilmoqda. Içki işlar vazirligining transport vositalarini boşqarişda avtomaşinalarning orqa va yon oynalariga parda taqib harakatlanişni taqiqlanişi haqidagi çiqişlari esa fuqarolar tomonidan baʼzi eʼtirozlarga sabab böldi.

Yaqinda Toşloq tuman maʼmuriy sudi tomonidan ham avtomaşinaga parda taqiş bilan boğliq iş körib çiqildi.

Fuqaro X.Abdurahimov 2019 yil 9 iyun kuni soat 1200larda boşqaruvidagi “Lasetti” rusumli avtomaşinani Toşloq tumani markazida avtomaşinaning orqa va orqa yon oynalariga qora rangli parda taqib olib boşqarib ketayotganida Farğona viloyat IIB YHXB xodimlari tomonidan töxtatiladi.

YHXB xodimlari yöl harakati qoidalarining 3-ilova 7.3-bandi talablariga zid ravişda parda taqib olingan, degan vaj bilan haydovçiga nisbatan maʼmuriy bayonnoma rasmiylaştirişgan.

Haydovçi qonunda pardaga taqiq yöqligini, taqiq faqat “tonirovka” uçun borligini, uşbu holat böyiça tuman IIB YHXB Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi Kodeksning 126-moddasi bilan asossiz qaror qabul qilgan deb hisoblaşini bildirib, maʼmuriy suddan qarorni bekor qilişni söraydi.

Sudning joriy yil 6 avgustdagi qaroriga köra, Toşloq tuman IIB YHXBning 2019 yil 10 iyuldagi bayonnoma böyiça Özbekiston Respublikasi MJtK 126-moddasining 1-qismi bilan X.Abdurahimovga nisbatan eng kam iş haqining 25 baravari miqdorida (5 068 250 söm) jarima jazosi tayinlaş haqidagi qarori bekor qilinib, iş yuritiş töxtatilgan.

Sud tuman IIB YHXBning qarorini bekor qiliş haqidagi qarorni qabul qilişda quyidagi holatlarga eʼtibor qaratgan.

Toşloq tuman IIB YHXBning 10 iyuldagi maʼmuriy jazo qöllaş töğrisidagi qarorida X.Abdurahimov 9 iyun kuni boşqaruvidagi “Lasetti” rusumli transport vositasini yöl harakati qoidalarining 3-ilova 7.3-bandi talablarini buzib, közgusimon yoki tusi özgartirilgan (qoraytirilgan) transport vositasidan foydalanib kelib, bu bilan Özbekiston Respublikasi MJtK 126-moddasining 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb körsatilib, X.Abdurahimovga nisbatan eng kam iş haqining 25 baravari miqdorida jarima jazosi tayinlangan.

Özbekiston Respublikasi MJtK 126-moddasining 1-qismida texnik reglamentga muvofiq bölmagan közgusimon va (yoki) tusi özgartirilgan (qoraytirilgan) oynali transport vositalaridan, xuddi şuningdek, haydovçining örnidan tevarak-atrofni körişni çeklaydigan qöşimça narsalar örnatilgan yoki qoplamalar surtilgan transport vositalaridan foydalanganlik uçun javobgarlik belgilangan bölib, uşbu huquqbuzarlik uçun eng kam iş haqining yigirma beş baravari miqdorida jarima jazosi tayinlanişi nazarda tutilgan.

Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 24 dekabrdagi “Yöl harakati qoidalarini tasdiqlaş töğrisida”gi qarorining (2019 yil 3 avgustga qadar kuçda bölgan) 3-ilovasi 7.3-bandida haydovçining joyidan (!) tevarak-atrof körinişini çeklaydigan qöşimça narsalar örnatilgan va qoplamalar tuşirilişi taqiqlanişi belgilangan.

7.4-bandida esa, III klass M3 toifadagi avtotransport vositalarining ikki yoniga orqa tomon körinişini taʼminlaydigan taşqi közgu örnatilgan bölsa, orqa va yon oynalariga parda, şuningdek, M1 toifadagi (M1 toifasi-yölovçilarni taşiş uçun foydalaniladigan va haydovçining örindiğidan taşqari örindiqlar soni 8 tadan oşmaydigan avtotransport vositalari) avtotransport vositalarining orqa oynalariga çiy parda va darparda örnatişga ruxsat etiladi, deb körsatilgan.

Uşbu normaning öziga xos tarafi şundaki, iş böyiça arizaçi boşqaruvida bölgan “Lasetti” rusumli avtomaşina M1 toifadagi avtomaşinalar toifasiga kiradi. Mazkur bandda avtomaşinaning old, orqa va yon oynalari jumlasi işlatilgan bölib, orqa oyna deganda avtomaşinaning aynan qaysi qismi ekanligi aniq körsatib berilmagan. Çunki avtomaşinani old va orqa yon oynalari mavjud bölib, ularni farqlaş zarur. Uşbu bandda aynan orqa yon oynaga parda örnatişga taqiq mavjud emas, yaʼni bunday harakat taqiqlanmagan. Mazkur işda arizaçi avtomaşinasining orqa yon eşiklariga parda örnatib olgan bölib, qonunda orqa yon oynalari aniq körsatilmagani, orqa oynalarga çiy parda va darparda örnatişga ruxsat etilgani inobatga olinib, qaror qabul qilingan.

Şuningdek, iş hujjatlarida Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi Yöl harakati xavfsizligi boş boşqarmasi boşliği X. Saydaliyev tomonidan imzolangan 2019 yil 15 iyundagi aloqa xati mavjud bölib, unda Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 24 dekabrdagi “Yöl harakati qoidalarini tasdiqlaş töğrisida”gi qarori 3-ilovasining 7.4-bandi talablari böyiça barça transport vositalari old oynasining tepa qismi tusini eni 14 sm. dan köp bölmagan va yoruğlik ötkazuvçanligi 30 foizdan kam bölmagan polosa şaklda özgartirilgan (qoraytirilgan) bölsa, şuningdek, transport vositalari yon oynalarini soçiq yoki quyoşni tösuvçi boşqa materiallar bilan vaqtinça yopib qöyilgan holatlar yuzasidan maʼmuriy bayonnoma rasmiylaştirilmasligi böyiça körsatma berilgan. Muhokama qilinayotgan huquqbuzarlikni aniqlaşga masʼul bölgan organni böysunuvidagi bölimlarga rasmiy ravişda bu kabi körsatmani berişini özi qonundagi noaniqlikni tan olgandek göyo.

Şuningdek, huquq doirasidagi qonunçilikka köra tartibga solinmagan munosabatlar va noaniqliklar ijtimoiy xavfli qilmiş sodir etgan şaxsning foydasiga hal qilinişi belgilab berilgan. Sud, uşbu normalarga asoslanib, yuqoridagi banddagi noaniqliklarni huquqbuzar foydasiga hal qilişni lozim, deb topgan.

Toşloq tuman IIB YHXB qaror qabul qilişda aynan Yöl harakati qoidalari 3-ilovasining 7.3-bandi talablari buzilganini eʼtirof etib, orqa va orqa yon oynalariga qora rangli parda taqib olgani sababli maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etgan, deb topgan.

Sudda va iş hujjatlaridan aniqlangan holatlarga köra, X.Abdurahimov boşqaruvidagi tranpsort vositasini orqa oynalariga parda taqib olib, yuqoridagi qoidalarda ruxsat etilgan huquqidan foydalangan.

Özbekiston Respublikasi MJtK 126-moddasining 1-qismi dispozitsiyasi mazmuniga eʼtibor berilsa, texnik reglamentga muvofiq bölmagan közgusimon va (yoki) tusi özgartirilgan (qoraytirilgan) oynali transport vositalaridan, xuddi şuningdek haydovçining örnidan (!) tevarak-atrofni körişni çeklaydigan qöşimça narsalar örnatilgan yoki qoplamalar surtilgan transport vositalaridan foydalaniş uçun javobgarlik belgilangan. X.Abdurahimov közgusimon yoki tusi özgartirilgan oynali transport vositasidan foydalanmagan. U avtomaşinaning orqa va orqa yon oynalariga vaqtinça qora rangdagi pardalarni taqib olib transport vositasidan foydalangan.

Iş hujjatlarida “Özstandart” agentligi Özbekiston standartlaştiriş metrologiya va sertifikatlaştiriş agentligining 2019 yil 15 maydagi aloqa xati mavjud bölib, unda Özbekiston Respublikasi hududida amalda bölgan davlatlararo standart GOST 33988-2016 “Avtomobilniye transportniye sredstva. Obzornost s mesta voditelya. Texniçeskiye trebovaniya i metodi ispitaniy”ning 2.12-bandiga muvofiq haydovçining joyidan tevarak-atrof körinişi maydonning ustki çegarasi deb, haydovçi közlari va jami maydonning ostki çegarasini taşkil qiladigan, uçta boşqa tekisliklar darajasida ötadigan, gorizontal tekislik orasida joylaşgan, 1800 sektorda old körinişning şartli maydoni hisoblanişi körsatilgan.

Qonunga eʼtibor berilsa, haydovçining örnidan (!) tevarak-atrofni körişni çeklaydigan qöşimça narsalar örnatilgan yoki qoplamalar surtilgan transport vositalaridan foydalaniş uçun javobgarlik mavjud. Standart talablarida ham aynan haydovçining örnidan tevarak-atrof körinişi maydonning ustki çegarasi sifatida haydovçi közlari va jami maydonning ostki çegarasini taşkil qiladigan, uçta boşqa tekisliklar darajasida ötadigan, gorizontal tekislik orasida joylaşgan, 1800 sektorda old körinişning şartli maydoni hisoblanişi körsatilgan.

Demak, yuqoridagi qoidadan haydovçi boşqaruv rulida ötirgan joydan öziga nisbatan oldindagi 1800 sektorda old maydon tevarak-atrof körinişi hisoblanadi va bu holatda orqa yon eşiklarda pardalarni bölişi tevarak-atrofni körişni çeklamaydi. Ayni holatda yengil avtomaşinaning orqani körsatuvçi ikki yon közgulari mavjudligi orqani bemalol körinişini taʼminlab berişi ham mumkin.

9 iyun kungi voqeada qonunda transport vositasini orqa yon oynalariga parda taqib olinişiga oid rasmiy çeklov mavjud bölmagan. MJtK moddasiga köra, taqiq faqatgina haydovçining örnidan tevarak-atrofni körişni çeklaydigan qöşimça örnatilgan narsalar yoki surtilgan qoplamalarga taʼluqli bölgan. Sud X.Abdurahimovni transport vositasining orqa, yon oynalariga parda taqib olişi uni avtomaşinani boşqarişida tevarak-atrofni körişini çeklamaydi, degan asosli xulosaga kelgan.

Albatta, sud qaror qabul qilişda davlat organlari yoki boşqa muassasalarning rasmiy munosabatlari yoxud qonunni qöllaş böyiça tuşuntirişlariga emas, balki qonun talabiga asoslanib qaror qabul qiladi. Zero, sudning vazifasi eng avvalo qonun ustivorligini taʼminlaş.

Yuqoridagilarni asoslanib, sud arizaçi X.Abdurahimovning şikoyat arizasini qanoatlantirib, Toşloq tuman IIB YHXBning qarorini bekor qilib, işni yuritişni töxtatişni belgilaşni lozim topgan.

2019 yil 2 avgust kuni Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tusi özgartirilgan (qoraytirilgan) oynali avtotransport vositalaridan foydalanişni tartibga soliş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarori qabul qilindi. Mazkur qaror bilan Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 24 dekabrdagi “Yöl harakati qoidalarini tasdiqlaş töğrisida”gi qarorining 3-ilovasi 7.4-bandiga özgartiriş kiritilib, muqaddam M1 toifadagi avtomaşinalarga berilgan huquq çiqarib yuborildi. Yaʼni, M1 toifadagi avtotransport vositalarining orqa oynalariga çiy parda va darparda örnatişga ruxsat etiladi, degan jumla olib taşlandi. Lekin, mazkur band bilan barça toifadagi avtomaşinalarning orqa oynalariga parda (çiy parda, darparda) örnatişga ruxsat berildi. Demak, muqaddam M1 toifadagi avtomaşinalarning orqa yon oynalariga parda örnatişga taqiq bölmagani sababli M1 toifadagi avtomaşinalar yangi qarorda çiqarib taşlanganini tuşuniş mumkin.

Qarorda III klass M3 toifadagi (M3 toifasi - yölovçilarni taşiş uçun foydalaniladigan, haydovçining örindiğidan taşqari örindiqlar soni 8 tadan ortiq va eng katta vazni 5 t dan köp bölgan avtotransport vositalari, Klass III- konstruktsiyasi faqat ötirib ketadigan yölovçilar uçun möljallangan avtotransport vositalari) avtotransport vositalari yon oynalariga parda örnatiş mumkinligi aniq körsatib berilgan va noaniqliklar bartaraf etilgan.

Özbekiston Respublikasi MJtKning 9-moddasida “Maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etgan şaxs bu huquqbuzarlik sodir etilgan vaqt va joyda amal qilib turuvçi qonun hujjatlari asosida javobgarlikka tortiladi” deb belgilangan.

Şunga eʼtibor qaratiş lozimki, Toşloq tuman maʼmuriy sudi yuqoridagi qarorni joriy yil 6 avgust kuni qabul qilgan bölsa-da, 9 iyun kuni sodir etilgan göyoki huquqbuzarlik böyiça maʼmuriy işni körib çiqqan. Bu holatda sud MJtKning 9-moddasi talabidan kelib çiqib, 9 iyun kuni amalda bölgan qonun normalariga asoslanib iş körgan. Yaʼni, öşa paytda qonuniy kuçda bölgan Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 24 dekabrdagi “Yöl harakati qoidalarini tasdiqlaş töğrisida”gi qarorining 7.3 va 7.4 bandlarini muhokama qilgan. 2019 yil 2 avgust kuni esa aynan mazkur normalar hukumatning tegişli qarori bilan özgartirilgan.

Yuqoridagilarni inobatga olib, 2019 yil 3 avgustdan boşlab bu boradagi munosabatlarga aniqlik kiritilganini nazarda tutib, qonunçilikni qöllaş lozim böladi.

Abrorjon Akramov,

Farğona viloyati Toşloq tuman

maʼmuriy sudining raisi

×